Asosiy menu

Milliy ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar hamda matbaa sohasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari muhokama etildi


Milliy ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar hamda matbaa sohasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari muhokama etildi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining «Milliy ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar hamda matbaa sohasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari to‘g‘risida» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik mas'ul xodimlari, nashriyotlar bosh muharrirlari hamda 30 ga yaqin ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaachilikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan choralar muhim o‘rin tutib borayotganligi, yaratilayotgan keng sharoitlar tufayli ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar va matbaa korxonalarining soni ortib borayotganligi, axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi yangi qonunlarni qabul qilish bilan birga amaldagi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar  to‘g‘risida so‘z yuritildi. 

Shu bilan birga, jurnalistlardan kelib tushgan savollarga Agentlik mutasaddi xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.