Asosiy menu

SEMINAR

O'zbekiston matbuot va axborot agetligida Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda muhr va tamg'a ishlab chiqarish jarayonini «yagona oyna» interaktiv bazalari orqali amalga oshirish tartiblariga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.  Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ-2646-sonli Qaroriga asosan 2017 yil 1 apreldan e'tiboran muhr va tamg'alarni ishlab chiqaruvchi korxonalar «yagona oyna»ning avtomatlashtirilgan tizimlari orqali buyurtmalar bilan ishlash tizimi joriy etilishi belgilangan.

Ushbu tadbirda muhr va tamg'alarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etdilar. Unda muhr va tamg'alarni ishlab chiqarish bo'yicha byurtmalarni ro'yxatdan o'tkazish hamda tegishli ma'lumotlarni interaktiv bazaga kiritish jarayonida texnik jihatlariga katta e'tibor qaratilgan.

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub'ektlariga tegishli muhr va tamg'larni ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni qabul qilish jarayoni soddalashayotgani haqida muhokama qilindi.

Ta'kidlab o'tish zarurki, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentiga asosan muhr va tamg'alarni ishlab chiqarish bo'yicha faqat tadbirkorlik sub'ektlari uchun mezonlar belgilab olingan bo'lib, davlat korxonalariga muhr va tamg'alarni ishlab chiqarish jarayoniga taaluqli emas.
Seminar so'ngida ko'rilgan masalalar bo'yicha atroflicha muhokama etildi va ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga to'liq javoblarni oldilar.


Muhr va tamg‘larni tayorlash bilan shug‘ullanayotgan korxonalar uchun

"yagona oyna" tizimi bilan ishlash bo‘yicha qo‘llanma


id.gov.uz saytida ro'yxatdan o'tish bo'yicha qo'llanma