Asosiy menu

Respublika «Kitob bayrami»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Respublika «Kitob bayrami»ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun 25 may kuni soat 11.00dan Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida «Adabiyotga e'tibor - kelajakka, ma'naviyatga e'tibor» shiori ostida Respublika «Kitob bayrami» o‘z faoliyatini boshladi. 

Ushbu ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbir O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va bir qator davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Respublika «Kitob bayrami» o‘ztkazilishining asosiy maqsadi noshirlik va matbaa sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlarimizning mazmun-mohiyatini, o‘zining noyob iste'dodi va mahoratini xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishga bag‘ishlagan, inson qalbining muhandislari bo‘lgan ijodkorlarni qo‘llab quvvatlashga davlat darajasida berilayotgan e'tiborni keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, aholining kitobxonlik ko‘nikmasini yanada yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini Internet tarmoqlariga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilish ishlariga alohida e'tibor qaratish, aholining intellektual va ma'naviy-estetik ehtiyojini qondirish, xususan, yoshlarni mustaqil fikrlaydigan, mustahkam hayotiy pozitsiyasiga ega, chinakam vatanparvar va ma'nan barkamol insonlar sifatida tarbiyalashda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada kengaytirishda hissa qo‘shish, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyoti durdonalarini va oilaviy kitob o‘qish an'analarini targ‘ib qilish, yozuvchi va kitobxon o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish kabilardir.

Respublika «Kitob bayrami»da 100 dan ziyod nashriyot va matbaa korxonalari ishtirok etmoqdalar.

Respublika «Kitob bayrami»ning Bosh ochilish marosimi Toshkent shahrining G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

G‘.G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i «Kitob bayrami» munosabati bilan kitobni va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi hikmatli so‘zlari yozilgan va mehmonlarga bayramona kayfiyat ato etuvchi pannolar bilan bezatilgan. Bayram tantanalari karnay-surnay sadolari bilan boshlandi.

«Kitob bayrami»ning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. 

G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ining bosh sahnasida Madaniyat vazirligi tomonidan jalb etilgan san'atkorlar, turli tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan yosh iqtidor sohiblari kuy va qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz kitob bayrami joriy yilning 27 may kuniga qadar davom etadi.