Asosiy menu

“Kitob - millatning bebaho madaniy va ma'naviy merosi” mavzuida V ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


«Kitob - millatning bebaho madaniy va ma'naviy merosi» mavzuida V ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Bugun 26 may kun Respublika «Kitob bayrami» doirasida soat 10.00da O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi va «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi hamkorligida tashkil etilgan «Kitob - millatning bebaho madaniy va ma'naviy merosi» mavzuida V ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanda  noshirlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-huquqiy asoslari,  tarixiy asarlarni nashrga tayyorlashning o‘ziga xos jihatlari hamda yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxona va axborot-kutubxona muassasalarining ahamiyati kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

 Ilmiy - amaliy konferensiyani O‘zbekiston matbuot v axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari  K.Mansurov kirish so‘zlari bilan ochdilar.

K.Mansurov mehmonlarni tanishtirgach O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi o‘rinboasari Erkin Xalbutayev «Noshirlik sohasidagi qonunchilik bazasi va uni yanada takomillashtirish masalalari» mavzusida ma'ruza qildi.

Shuningdek, «Kitobxonlik madaniyati tarixi va folklor», «O‘zbekiston kitob grafikasi. Kecha va bugun: Kitobat san'ati tarixi va istiqbollari», «Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda kutubxona va axborot-kutubxona  muassasalarining ahamiyati» mavzularidagi ma'ruzalar tinglandi va ular  yuzasidan muzokaralar olib borildi. 

Konferensiya so‘ngida Kamoliddin Bexzod nomidagi Madaniyat va san'at instituti talabalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlari namoyish etildi. Namoyish natijalariga ko‘ra yosh grafik- rassomlarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.