Asosiy menu

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining bayram tabrigi

Hurmatli ommaviy axborot vositalari, nashriyot, matbaa hamda axborot-kutubxona xodimlari! Aziz hamkasblar!

Sizlarni eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Mustaqillik shodiyonasi hamda Qurbon hayiti ayyomi bilan chin dildan muborakbot etamiz.

Yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Harakatlar strategiyasi asosida ulug‘vor ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ulkan islohotlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish, ma'naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni barkamol inson etib tarbiyalashda sizlarning ham beqiyos o‘rningiz bor.

Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi mana shunday ezgu faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi jamoasi