Asosiy menu

Yana bir maktab kutubxonasiga 200 ga yaqin kitoblar taqdim etildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Namangan viloyatida o'tkazilayotgan "Kitobxonlik kunlari" doirasida Norin tumani 28-umumta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida kitob va kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan bayram tadbirida maktab kutubxonasiga 200 ga yaqin badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Natijada maktab umumiy kitob fondidagi badiiy adabiyotlar soni har bir o'quvchiga 4 taga yetdi. 

Tadbirda iqtidorli o'quvchilar tomonidan Navoiy, Zulfiya, Muhammad Yusuf, Mashrab kabi ijodkorlar asarlaridan namunalar o'qildi. 

Maktabda tashkil etilgan «Yilning eng kitobxon o'quvchisi» nominatsiyasi g'olibi 10-sinf o'quvchisi Azimjonova Muazzam, «Yilning eng yaxshi kutubxonasi» nominatsiyasi g'olibi 9-sinf jamoasi va boshqa yo'nalishlar g'oliblariga kitoblar va faxriy yorliqlar topshirildi.