Asosiy menu

Norinda yuz ming kitob fondiga ega kutubxona ochildi

Namangan viloyati Norin tumanida Matbuot va axborot kutubxona markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi Q.Quronboyev, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori L. Tangriyev va boshqalar mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan islohatlar o'zining yuksak samaralarini berayotganini ta'kidladi.

Markazda 82400 dan ziyod badiiy adabiyotlar mavjud. Shuningdek binoda tumanning «Norin ovozi» gazetasi tahririyati, elektron mutolaa xonalari, yosh ijodkorlar to‘garagi joylashgan.

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi
axborot xizmati