Asosiy menu

Farg'ona: Yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi ochildi

Ahmad Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona viloyat axborot-kutubxona markazining fondi O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan qariyb 1000 nusxadan ziyod beminnat taqdim etilgan adabiyotlar bilan to‘ldirilganligi haqida xabar bergan edik.

7 iyun kuni kutubxonada ushbu kitoblardan tashkil topgan ko‘rgazmaning ochilish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda kutubxona foydalanuvchilari, shahar va tumanlardan kelgan faxriylar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Ijtimoiy-siyosiy, badiiy, ilmiy-ommabop, diniy-ma’rifiy, texnika, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, iqtisodiyot kabi 20 dan ziyod mavzu va yo‘nalishlardagi kitoblar ko‘rgazma qatnashchilarida katta taassurot uyg‘otdi.

Ko‘rgazma 5 kun davom etadi.