Asosiy menu

Jurnalistlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi


Jurnalistlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi

Poytaxtimizdagi Shaxmat bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxiralari sport maktabida ommaviy axborot vositalari xodimlari o‘rtasida shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz shaxmat va shashka federatsiyalari tomonidan OAV xodimlari o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan mazkur musobaqada erkaklar sportning shaxmat turi bo‘yicha bahslashgan bo‘lsa, xotin-qizlar shashka bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi. 

Musobaqada Ochil Hazratov birinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Murod Rizayev va Asror Mo‘minov ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni egalladi. Shashka bellashuvlarida Sanobar Hakimova, Nazokat Ibragimova hamda Guljahon Mardonova shohsupaga ko‘tarildi. 

O‘zA