Asosiy menu

Ichki ishlar vazirligida kitob yarmarkasi


Ichki ishlar vazirligida kitob yarmarkasi 

Hozirgi kunda O‘zbekistonda aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvarda e'lon qilingan «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»gi Farmoyishi ham bu boradagi tadbirarga yangicha ruh baxsh etdi. Mazkur Farmoyishda qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida bugun O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiruvchi «O‘zbekiston», «O‘qituvchi», G‘afur G‘ulom va Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari, «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti hamda respublikamizning bir qator yetakchi nashriyotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu tadbirda kitobxonlarga respublikamiz nashriyotlarida so‘nggi yillarda nashr etilgan  400 ga yaqin nomdagi turli yo‘nalishdagi adabiyotlar taqdim etildi.

Tadbir asnosida, noshirlar va matbaachilar kitobxonlarning talab-istaklarini ham o‘rgandilar. Bu kabi tadbirlar nafaqat  aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, balki ayni paytda badiiy jihatdan yuksak milliy va jahon mumtoz adabiyotlari namunalarini targ‘ib qilishga, noshirlarimiz olib borayotgan ijodiy izlanishlarni targ‘ib etishga ham xizmat qilishi shubxasiz. 

Shu kabi kitob yarmarkalarini yana bir qator vazirlik va idoralarda o‘tkazish rejalashtirilgan.