Asosiy menu

O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Germaniyaga tashrif buyuradi

2017-yilning 14-17-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

Tashrif davomida Myunxen shahrida Bavariya Federal yeri Bosh vaziri Horst Zeehofer va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazish kutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi va Germaniya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining majlislarida ishtirok etadi. «KfV» Germaniya taraqqiyot banki va GFR yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazadi hamda mamlakatimiz bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirgan ba’zi yirik zamonaviy korxonalarga tashrif buyuradi.

Bo‘lajak O‘zbekiston-Germaniya biznes furumi doirasida va tashrif yakuniga ko‘ra iqtisodiyot hamda investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.