Asosiy menu

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda uning tizimidagi korxona va tashkilotlarda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi haqida

Mamlakatimizda 2016 yil - «Sog‘lom ona va bola yili» deb e'lon qilinishi munosabati bilan «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2016 yil 15 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2487-son Qarori ijrosini ta'minlash chora-tadbirlarini belgilashga bag‘ishlangan 26-son yig‘ilishi bayoniga muvofiq Agentlikning joriy yil 3 martda chiqarilgan 59-son buyrug‘i bilan «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishga qaratilgan tarmoq dasturi» tasdiqlandi.

Shu bilan birga, joriy yil 22 fevralda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining XI. «Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish» yo‘nalishida belgilangan vazifalarni OAV va tizimdagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari bilan hamkorlikda aholiga keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot dasturi tasdiqlanib, ijrosini tashkil etish choralari ko‘rildi.

Yuqoridagi buyruq bilan tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbarlariga o‘z rejalarini ishlab chiqish, ijrosini ta'minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har oyning 20-sanasiga qadar Agentlikka axborot berish topshirildi. Mazkur hujjatlar asosida tizimdagi korxona va tashkilotlarda ham tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining 3-bandida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda:

v  Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi o‘rtasida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va chora-tadbirlar muntazam va keng ko‘lamda yoritilishini;

v  Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qo‘shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Davlat dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishni ta'minlash vazifasi belgilangan.

O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, «Xalq so‘zi» - «Narodnoye slovo», «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyatlarining «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan maqola va materiallar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning qo‘shma-rejasi» ishlab chiqildi.

«Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari to‘g‘risida keng miqyosli tushuntirish ishlarini ta'minlash maqsadida ommaviy axborot vositalariga «2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili», «Sog‘lom bola ― sog‘lom oila mevasi», «Bolalar sporti», «Sog‘lom bola - kelajagimiz», «Buyuk ajdodlarimiz», «Sog‘lom oila», «Nikoh va oila», «Ta'lim va yoshlar», «Mahalla har bir bola uchun mas'ul», «Farzandlari sog‘lom yurt», «Sog‘lom muhit - sog‘lom oila», «Ota-onalar universiteti», «Ayol, oila va jamiyat», «Zamonaviy QVP» kabi maxsus ruknlarni tashkil qilish yuzasidan tavsiya berildi. Tavsiyalar asosida ushbu mavzu yetakchi mavzu sifatida, ommaviy axborot vositalarining ixtisoslashuvidan qat'i nazar, muntazam yoritib borilmoqda. Materiallarda Prezidentimizning ma'ruzasida bayon etilgan fikrlarning mohiyati va ahamiyati, Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosiga oid ma'lumotlar yoritilib kelmoqda. Respublika ommaviy axborot vositalarida joriy yilning 1-choragida «Keksalarni e'zozlash yili» Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlangan 10 mingdan ortiq ko‘rsatuv, eshittirish, lavha, maqola, sharh, ocherk, xabar kabi janrlardagi materiallar e'lon qilindi.

Mazkur targ‘ibot materiallarini yaxlit bir tizimga solish hamda ularning ta'sirchanligini oshirish masalasiga ko‘proq e'tibor qaratish maqsadida e'lon qilingan materiallar mazmuni o‘rganilib, tegishli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

Davlat dasturning 81-bandida belgilangan Agentlik tizimidagi «O‘zbekiston» NMIU tomonidan 2016 yil - «Sog‘lom ona va bola yili» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma'ruzasini o‘z ichiga olgan «Asosiy vazifamiz - jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat» risolasi o‘zbek tilida 10.000, o‘zbekcha-rus tilida 10.000 nusxada, «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi o‘zbek-rus tilida 1000 nusxada (28,74 mln. so‘m) nashr etildi.

Bundan tashqari, Agentlikka Davlat dasturining 60, 65, 81, 82, 88-bandlarida qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda sog‘lom ona va bolani kamolga yetkazishga hissa qo‘shishga qaratilgan bosma mahsulotlarini nashr etish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatilgan.

Xususan, umumta'lim maktablarini darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta'minlash barasida tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta'lim muassasalarining aholining barcha qatlamlari orasida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilani mustahkamlash, yuksak axloqiy-ma'naviy qadriyatlarni asrash, yoshlarga sog‘lom turmush tarzini singdirish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida «Sog‘lom ona -sog‘lom bola» (3 nomda) kitoblar to‘plamini nashr etish va «Oila tinchi - hayot sevinchi» videofilmlar to‘plamini chiqarish, ularning barcha fuqarolar yig‘inlari va ta'lim muassasalariga bepul tarqatilishini ta'minlash borasida Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazining qo‘shma qarori tayyorlanmoqda

Shuningdek, tizimdagi korxonalar tomonidan aholi barcha qatlamlari o‘rtasida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining yo‘nalishlar bo‘yicha maqsad va vazifalari haqida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilindi.

«Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida «O‘zbekiston» NMIU tomonidan R.Rahimovaning «Loy va plastinadan narsalarni yasashni o‘rganamiz», O.Toxirning «Maqtanchoq mushuk», O.Daminning «Dano chol», «O‘qituvchi» NMIU tomonidan H.Rahimovning «O‘zbek xalq ertaklari» (nemis tilida), N.Bikbayevaning «Dogonim Pifogora!», S.Nosirxo‘jayev va boshqalarning «O‘zbekiston - buyuk allomalar vatani», A.Obidjonning «Qizg‘anchiq futbolchilar», O.Vulfning «Rodnichok», X.Karimberdiyevaning «Layloxonning ertagi», A.Pushkinning «Skazki» kitoblari, G‘.G‘ulom nomidagi NMIUda Olmosning «Saylanma»si, G‘.G‘ulomning «Shum bola» va «Tanlangan asarlar»i, Yayra Sa'dullayevaning «Kulchaoy qochib ketdi», I.Zoyirning «Quyosh bolalari», Mirkarim Osimning «To‘maris», «Shiroq», «Zulmat ichra nur», «Jayxun ustida bulutlar», «Jahon bolalar adabiyoti» seriyasining 4 ta jildi; Cho‘lpon nomidagi NMIUda «Oltin kovush», «Oltin beshik», «Skazka dlya malishey», «Bolalar uchun o‘zbek xalq ertaklari» (18 nomda) kitoblari, «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» DINda «Ming bir so‘zni bilaman» rasmli izohli lug‘ati nashr etildi.

Yuqoridagi nashrlar uchun tizimdagi korxonalar tomonidan 550,0 mln so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

Shuningdek, nashriyotlar tomonidan «Sog‘lom ona va bola yili» munosabati bilan nashr etilgan kitoblarning respublikamizning turli hududlarida taqdimotlarini o‘tkazish tadbirlari ham belgilangan.

O‘zbek adabiyotini ommalashtirish va aholini jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirish maqsadida barcha mintaqalarda, ularda birinchi navbatda milliy badiiy adabiyotlarni sotish maqsadida «Kitob olami» kitob do‘konlari tarmoqlarini ochish ishlari jadal olib borilmoqda. Hozirda respublikaning 7 ta shahridagi ma'naviy-ma'rifiy majmualari ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish borasida hududiy boshqarmalar, tizimdagi nashrlar tomonidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.