Asosiy menu

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda uning tizimidagi korxona va tashkilotlarda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi haqida

Mamlakatimizda 2016 yil - «Sog‘lom ona va bola yili» deb e'lon qilinishi munosabati bilan «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2016 yil 15 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-2487-son Qarori ijrosini ta'minlash chora-tadbirlarini belgilashga bag‘ishlangan 26-son yig‘ilishi bayoniga muvofiq Agentlikning joriy yil 3 martda chiqarilgan 59-son buyrug‘i bilan «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturini amalga oshirishga qaratilgan tarmoq dasturi» tasdiqlandi.
Shu bilan birga, joriy yil 22 fevralda O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining XI. «Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmog‘ining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish» yo‘nalishida belgilangan vazifalarni OAV va tizimdagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari bilan hamkorlikda aholiga keng tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot dasturi tasdiqlanib, ijrosini tashkil etish choralari ko‘rildi.
Yuqoridagi buyruq bilan tizimdagi korxona va tashkilotlar rahbarlariga o‘z rejalarini ishlab chiqish, ijrosini ta'minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida har oyning 20-sanasiga qadar Agentlikka axborot berish topshirildi. Mazkur hujjatlar asosida tizimdagi korxona va tashkilotlarda ham tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining 3-bandida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi bilan hamkorlikda:
bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet-resurslarni jalb etgan holda, aholi o‘rtasida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar va chora-tadbirlar muntazam va keng ko‘lamda yoritilishini;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdagi ishtiroki va qo‘shgan aniq hissasini aks ettirgan holda, Davlat dasturining bajarilishi haqida keng jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borishni ta'minlash vazifasi belgilangan.
O‘zbekiston milliy axborot agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, «Xalq so‘zi» - «Narodnoye slovo», «Pravda Vostoka» gazetalari tahririyatlarining «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan maqola va materiallar, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning qo‘shma-rejasi» ishlab chiqildi.
«Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining maqsad va vazifalari to‘g‘risida keng miqyosli tushuntirish ishlarini ta'minlash maqsadida ommaviy axborot vositalariga «2016 yil - Sog‘lom ona va bola yili», «Sog‘lom bola - sog‘lom oila mevasi», «Bolalar sporti», «Sog‘lom bola - kelajagimiz», «Buyuk ajdodlarimiz», «Sog‘lom oila», «Nikoh va oila», «Ta'lim va yoshlar», «Mahalla har bir bola uchun mas'ul», «Farzandlari sog‘lom yurt», «Sog‘lom muhit - sog‘lom oila», «Ota-onalar universiteti», «Ayol, oila va jamiyat», «Zamonaviy QVP» kabi maxsus ruknlarni tashkil qilish yuzasidan tavsiya berildi. Tavsiyalar asosida ushbu mavzu yetakchi mavzu sifatida, ommaviy axborot vositalarining ixtisoslashuvidan qat'i nazar, muntazam yoritib borilmoqda.
Materiallarda Davlat dasturida belgilangan vazifalarni ijrosiga oid ma'lumotlar yoritilib kelmoqda. Respublika ommaviy axborot vositalarida joriy yilning to‘qqiz oyida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi ijrosiga bag‘ishlangan 27 mingdan ortiq (shu jumladan, Agentlik muassisligidagi gazeta-jurnallarda 500 dan ortiq) ko‘rsatuv, eshittirish, lavha, maqola, sharh, ocherk, xabar kabi janrlardagi materiallar e'lon qilindi.
Davlat dasturning 81-bandida belgilangan Agentlik tizimidagi «O‘zbekiston» NMIU tomonidan 2016 yil - «Sog‘lom ona va bola yili» munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma'ruzasini o‘z ichiga olgan «Asosiy vazifamiz - jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat» risolasi o‘zbek tilida 10.000, o‘zbekcha-rus tilida 10.000 nusxada, «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi o‘zbek-rus tilida 1000 nusxada (28,74 mln. so‘m) nashr etildi.
Bundan tashqari, Agentlikka Davlat dasturining 60, 65, 81, 82, 88-bandlarida qator vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda sog‘lom ona va bolani kamolga yetkazishga hissa qo‘shishga qaratilgan bosma mahsulotlarini nashr etish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatilgan.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta'lim muassasalarining aholining barcha qatlamlari orasida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, oilani mustahkamlash, yuksak axloqiy-ma'naviy qadriyatlarni asrash, yoshlarga sog‘lom turmush tarzini singdirish bo‘yicha keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida «Sog‘lom ona -sog‘lom bola» (3 nomda) kitoblar to‘plami «Ijod» fondi tomonidan nashr etildi.
Shuningdek, tizimdagi korxonalar tomonidan aholi barcha qatlamlari o‘rtasida «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining yo‘nalishlar bo‘yicha maqsad va vazifalari haqida keng tushuntirish ishlarini tashkil qilindi.
«Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi doirasida «O‘zbekiston» NMIU tomonidan R.Rahimovaning «Loy va plastinadan narsalarni yasashni o‘rganamiz», O.Toxirning «Maqtanchoq mushuk», O.Daminning «Dono chol» kitoblari; «O‘qituvchi» NMIU tomonidan S.Nosirxo‘jayevning «O‘zbekiston - buyuk allomalar vatani», T.Hayitning «Buyuk salohiyat sohibi», H.Rahimovning «O‘zbek xalq ertaklari» (nemis tilida), N.Bikbayevaning «Dogonim Pifogora!», A.Obidjonning «Qizg‘anchiq futbolchilar», O.Vulfning «Rodnichok», X.Karimberdiyevaning «Layloxonning ertagi», A.Pushkinning «Skazki», T.Adashboyevning «Qirq yolg‘ondan bir yolg‘on» kitobi, M.Alining «Amir Temur qalbida chaqnagan nur», S.Shoumarovning «Qandli diabetda tabbiiy davolar», 9 nomdagi plakatlar to‘plamlari; G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU tomonidan Olmosning «Saylanma»si, G‘.G‘ulomning «Shum bola» va «Tanlangan asarlar»i, Yayra Sa'dullayevaning «Kulchaoy qochib ketdi», I.Zoyirning «Quyosh bolalari», Mirkarim Osimning «To‘maris», «Shiroq», «Zulmat ichra nur», «Jayxun ustida bulutlar», «Jahon bolalar adabiyoti» seriyasining 4 ta jildi, I.Zoyirning «Quyosh bolalari» kitoblari; Cho‘lpon nomidagi NMIU tomonidan «Oltin kovush», «Oltin beshik», «Skazka dlya malo‘shey», «Bolalar uchun o‘zbek xalq ertaklari» (18 nomda) kitoblari, «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» DIN tomonidan «Ming bir so‘zni bilaman»  rasmli izohli lug‘ati kabi kitoblar nashr etildi. Ushbu nashrlar uchun tizimdagi korxonalar tomonidan 750,0 mln. so‘mdan ortiq mablag‘ sarflandi.
Shuningdek, «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat-ilmiy nashriyoti tomonidan «Yosh ota-onaga» nomli ilmiy-ommabop adabiyot, «Bolakay nidosi» kitobi, shuningdek rejadan tashqari, L.Rahmatovning xorijiy davlatlar tajribalari misolidagi «Sog‘lom ona va bola» kitobilari tayyorlandi.
Bundan tashqari, Agentlik tizimidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari tomonidan 2016-2017 o‘quv yili uchun umumta'lim maktablari o‘quvchilariga jami 204 nomda, 17691,0 ming nusxadagi qismi (28531,1 mln. so‘m) chop etib berildi.
O‘zbek adabiyotini ommalashtirish va aholini jahon adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirish maqsadida barcha mintaqalarda, ularda birinchi navbatda milliy badiiy adabiyotlarni sotish maqsadida «Kitob olami» kitob do‘konlari tarmoqlarini ochish ishlari olib borildi. O‘tgan yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus va Toshkent viloyatining Chirchiq shaharlari, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Xorazm, Jizzax shaharlarida majmualar foydalanishga topshirildi.