Asosiy menu

“O‘zbekiston” NMIUdan chinakam adabiyot ixlosmandlari uchun yangi kitob

«O‘zbekiston» NMIUdan chinakam adabiyot ixlosmandlari uchun yangi kitob - misrlik adib Najib Mahfuzning «Bir kunlik baxt» nomli hikoyalar to‘plami nashrdan chiqdi. 

1911 yili Qohirada amaldorlar oilasida dunyoda kelgan Najib Mahfuz Qohira Davlat Universitetining falsafa fakultetini tamomlagan. «Ibtido va intiho», «Muddaq ko‘chasi», «O‘g‘ri va it», «Yomg‘ir ostidagi sevgi», «Yo‘l», «Bechora» kabi asarlarini hozirgacha kitobxonlar sevib mutolaa qilishadi.

1988 yili «bashariyat uchun ahamiyatli bo‘lgan arab hikoyachiligining haqqoniyligi va rang-barangligini ko‘rsatib bergani uchun» adibga adabiyot sohasida Nobel mukofoti beriladi. 

Najib Mahfuz o‘z hikoyalarida shunday insonlarni tasvirlaydiki, ular oddiy kasb egalari, garchi kirakash yoxud kambag‘al oila farzandi bo‘lsalar-da, qahramonlarni qiynayotgan savollar-u jumboqlar o‘quvchini-da o‘yga toldiradi, bosib o‘tgan umr yo‘liga o‘girilib qarashga majbur etadi. Kulgu, fojialar ila boyitilgan hikoyalar, shubhasizki, chuqur falsafa bilan ham sug‘orilgan. Bizdan talab qilinadigan narsa esa ularni o‘qish va uqishdir.