Asosiy menu

«Inson huquqlari jurnalist nigohida»


«Inson huquqlari jurnalist nigohida»

Diqqat, tanlov!

«Inson huquqlari jurnalist nigohida»

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan demokratik, sotsial-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni bosma ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish, jurnalistlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzuidagi ijodiy tanlovni e’lon qiladi. 

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi ko‘magida o‘tkaziladi. 

Tanlov shartlari:

Tanlovga 2016-yilning 1-yanvaridan 10-noyabrigacha respublika bosma ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida e’lon qilingan, Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi, mamlakatimizda inson haq-huquqlarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ularning amal qilishi, inson huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash, shaxsni har tomonlama kamol toptirish, yoshlarning demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishda faol ishtirok etishi uchun zarur sotsial-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sharoit yaratishga qaratilgan mavzudagi axborot-tahliliy, publitsistik va fotomateriallar qabul qilinadi. 

Tanlovga taqdim etilgan materiallar mamlakatda faoliyat olib borayotgan bosma ommaviy axborot vositalari, internet nashrlarda chop etilgan bo‘lishi lozim. 

Taqdim etilgan materiallar o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida tayyorlangan, e’lon qilingan bosma yoki internet nashri aniq ko‘rsatilgan elektron va matbuot nusxada bo‘lishi kerak. Fotoreportajlar asl nusxada taqdim etiladi. Ijodiy ishlarga muallif to‘g‘risida (familiyasi, ismi, professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot, pasport nusxasi) ma’lumotlar ilova qilinadi. 

Tanlov g‘oliblariga mukofotlar:

G‘oliblar diplom va komputer jamlanmasi, televizor, planshet va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 

Materiallar «Inson huquqlari jurnalist nigohida» mavzuidagi ijodiy tanlovga degan qayd bilan O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga 2016-yil 10-noyabrga qadar quyidagi manzilga jo‘natiladi: Toshkent shahri – 100129, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, 2-qavat, 45-xona. Tel./faks: 244-14-28, 244-12-51, www.mmf.uz, e-mail: fonduz@umail.uz . 


Tashkiliy qo‘mita