Asosiy menu

IQTISODIY, MADANIY VA IJTIMOIY MASALALAR BO‘YICHA ISLOM KOMISSIYASINING SESSIYASIGA DOIR


IQTISODIY, MADANIY VA IJTIMOIY MASALALAR BO‘YICHA ISLOM KOMISSIYASINING SESSIYASIGA DOIR

2016-yilning 23-25-iyul kunlari Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni Podshohligi) O‘zbekiston raisligi ostida Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlarning iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha Islom komissiyasining 39-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Majlis ishtirokchilari IHT kun tartibi bo‘yicha, shu jumladan savdo, investitsiya, turizm, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga oid masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Tadbir davomida Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak Toshkent sessiyasiga kiritilajak qarorlarning loyihalari bo‘yicha fikr almashildi.

«Jahon» axborot agentligi