Asosiy menu

«Eng ulug‘, eng aziz» respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari va rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari


«Eng ulug‘, eng aziz» respublika ko‘rik-tanlovining g‘oliblari va rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari


Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari bo‘yicha

1-o‘rin

Abdumajid Azimov,  
shoir


«Oshiq dilim», «Umid belanchagi» she’riy to‘plamlari uchun

2-o‘rin

Shoyim Bo‘tayev,  
yozuvchi


«Orfey iltijosi xaloskori» essesi uchun

3-o‘rin

Zulfiya Yunusova,  
adiba


«Baxt tilsimi» hikoyalar to‘plami uchun

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar

Abduraub Suvonov   
(Rauf Subhon), shoir


«Inonch» (she’rlar, doston, manzumalar) to‘plami uchun

G‘ayrat Majidov,  
shoir


«Oqqushga aylanar yurak» she’riy to‘plami uchun

Allanazar Abdiyev, 
«Madeniyat ham sport» gazetasi bosh muharriri 
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi) 

Gulmira Palvanova,  
«Madeniyat ham sport» gazetasi muxbiri 
(Qoraqalpog‘iston Respublikasi)


«Iste’dodli yoshlar» kitobi uchun

Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistlik ishlari bo‘yicha

1-o‘rin

Sotimboy Avezov, 
«Urganch haqiqati» gazetasi bosh muharriri


Yurtdoshlarimiz ong-shuuridagi yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotimizdagi yuksalish va o‘zgarishlar, xalqimizning turmush farovonligi oshib borayotgani haqidagi turkum maqolalari uchun

2-o‘rin

Nodira Manzurova, 
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA xalqaro axborot tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari


Xalqimiz qo‘lga kiritayotgan yutuq va marralar, yuksak natijalarni dunyo hamjamiyatiga yetkazish borasidagi ijodiy faolligi uchun 

3-o‘rin

Elena Ismayeva,  
«Pravda Vostoka» gazetasi muxbiri


Mamlakatimizda millatlar, dinlar va fuqarolararo do‘stlik va hamjihatlik, tolerantlikni mustahkamlashga qaratilgan materiallari uchun

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar

Xurshid Payziyev,  
«Xalq irodasi» gazetasi bosh muharriri, (Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyati kengashi muassisligida nashr etiladi) 


Mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, erkin va obod hayot barpo etish, yoshlarimizning ma’naviy olamini boyitish, odamlarimizning hayotga, mehnatga munosabatini o‘zgartirishga qaratilgan chiqishlari uchun

Mixli Safarov,  
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi birlashgan tahririyati («Postda» va «Na postu» gazetalari) muxbiri


Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, istiqlol yillarida huquqni muhofaza qilish tizimida erishilgan yutuqlar, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlar keng yoritilgan, odam savdosi, giyohvandlik kabi jinoyat va zararli illatlarning oldini olishga qaratilgan tahliliy maqolalari uchun

Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari bo‘yicha

1-o‘rin

Shuhrat Hayitov,  
«O‘zbekiston» teleradiokanali «Madaniy-ma’rifiy va badiiy dam olish dasturlar» muharririyati bosh muharriri


Vatanga muhabbat va sadoqat, tinch-osoyishta hayotimizga shukronalik tuyg‘usini kuchaytirishga qaratilgan «Ziyolilar», «Biz uchun muhim», «Ta’lim: kecha va bugun», «Barkamol avlod», «Obod shahrim» kabi ko‘rsatuvlari uchun 

2-o‘rin

Xudoyberdi Karimov,  
Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bo‘lim boshlig‘i


Viloyatda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, olib borilayotgan bunyodkorlik ishlariga bag‘ishlangan «Ozod yurtning obod go‘shasi» turkumidagi eshittirishlari uchun 

3-o‘rin

Abdulla Rajabov,  
«Istiqlol-TV» televideniyesi muxbiri


Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi tobora ochilib, go‘zal bo‘lib borayotgani, shu zaminda yashayotgan insonlarning kayfiyati, bugungi hayotdan roziligi, ertangi kunga ishonchi, barcha sohalarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlarimizning mohiyati va ahamiyati chuqur yoritilgan «Kim edigu kim bo‘ldik?», «Tinchligimiz abadiy bo‘lsin!», «Eng ulug‘, eng aziz bayram» nomli turkum ko‘rsatuvlari uchun

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar

Nargis Sobirova,  
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi axborot markazi muxbiri


«O‘zbekiston ONLAYN!» informatsion dasturida efirga uzatilgan Vatanimiz mustaqilligining 25-yillik tarixiy yo‘li, O‘zbekistonning taraqqiyoti hayotiy misol va dalillar vositasida ko‘rsatilgan «Mustaqillik odimlari» turkum lavhalari uchun

Go‘zal Soliyeva,  
«Dunyo bo‘ylab» telekanali «Bolalar va o‘smirlar dasturlari» muharririyati muharriri


Istiqlol yillarida mamlakatimizning turistik salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni turizmga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan «Tamaddun timsoli» turkumidagi ko‘rsatuvlari uchun

Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari bo‘yicha

1-o‘rin

Rashid Ahmedov,  
Navoiy viloyati «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi dizayneri 


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xalqimiz qo‘lga kiritayotgan yutuqlar, «Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido O‘zbekistonim!» mavzusidagi turkum dizayn loyihalari uchun 

2-o‘rin

Sultonboy Dehqonov,  
erkin fotorassom (Toshkent viloyati)


«Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi har tomonlama aks ettirilgan fotolavhalari uchun 

3-o‘rin

Asliddin Kalonov, 
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti dotsenti, grafik rassom


Prezidentimiz Islom Karimovning «Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir» kitobida tilga olingan muhim bunyodkorlik ishlari, yurtimizda aholining turmush farovonligi oshib borayotganini aks ettiruvchi turkum grafik asarlari uchun

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar

Ro‘zixon Jalilova,  
Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, rangtasvirchi


Turli sohalarda o‘zini ko‘rsatgan mehnat ilg‘orlari – bugungi kun qahramonlarining siymosi va ichki dunyosi aks ettirilgan ijodiy ishlari uchun 

Hasan Paydoyev,  
«Xalq so‘zi»gazetasi fotomuxbiri 


Istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari eks etgan fotoreportajlari uchun 

Kino san’ati asarlari bo‘yicha

1-o‘rin

Adham Usmonov,  
«O‘zbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi rejissyori


«Ohanglarda yashayman hamon» hujjatli filmidagi rejissyorlik ishi uchun

2-o‘rin

Izzatilla Lutfullayev,  
kinooperator


«Zumrasha» bolalar yumoristik kinojurnalining 2016-yil 1-2-sonlaridagi operatorlik ishi uchun

3-o‘rin

Akmal Saidov,  
kino-rassom


«Baron» hamda «Oyqiz ertagi» badiiy filmlaridagi rassomlik ishi uchun

Rag‘batlantiruvchi mukofotlar

Adiz Rajabov,  
kinoaktyor


«Ustyurtga yo‘l» badiiy filmidagi bosh rol ijrosi uchun (davlat buyurtmasiga asosan «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan)

Furqat Hasanov,  
«O‘zbekfilm» kinostudiyasi ovoz rejissyori 


«Xazonrezgi», «Oyqiz ertagi» va «Novda» («O‘zbekfilm» kinostudiyasida suratga olingan) badiiy filmlaridagi ovoz rejissyorligi ishi uchun