Asosiy menu

Yosh kitobxonlar munosib taqdirlandi

Buyuk adiblarning boy ma’naviy va madaniy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarlarning badiiy adabiyot mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida 14 may kuni Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi musiqa va san’at maktabida «Yosh kitobxon» ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu tanlovda besh kitobxon jamoa bellashdi.

Tanlov natijasiga ko‘ra:

1- o‘rin – 28-maktabning «Yosh kitobxonlar» jamoasiga; 

2-o‘rin – 4-maktab «Kitobxonlar» jamosiga;

3-o‘rin – 1-IDUM «Yosh ijodkorlar» jamosiga; 

4- o‘rin – 31-maktabning «Targ‘ibotchi kitobxonlar» jamosiga; 

5-o‘rin – 20-maktab «Ziyo» jamoasiga nasib etdi. 

Tanlov g‘oliblariga xalq ta’limi bo‘limining televizor, changyutgich, uyali telefon hamda 1 ta 300 ming so‘mlik va 1 ta 200 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasidan iborat qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.