Asosiy menu

Agentlik


O'zbekiston matbuot va axborot agentligi

O'zbekiston matbuot va axborot agentligi ommaviy axborot vositalari, axborotlar almashish, matbuot, noshirlik, matbaachilik faoliyati hamda davriy nashrlarni tarqatish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirish borasidagi vazifalarni hal etish uchun vakolat berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Agentlik tizimiga Qoraqalpog’iston Respublikasi matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot  va axborot boshqarmalari hamda Agentlikka qarashli boshqa tashkilotlar kiradi.

Quiydagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

-ommaviy axborot vositalarining mustaqil faoliyatini amalga oshirishga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlariga va tegishli qonun hujjatlariga, so’z va matbuot erkinligi kafolatlariga so’zsiz rioya qilinishi monitoringini olib borish;

-respublika fuqarolarining axborotlar olishga bo’lgan ehtiyojini yanada to’liq qondirish, aholining, eng avvalo, o’sib kelayotgan avlodning ta'lim, ma'naviy va madaniy darajasini oshirish, ularni milliy mustaqillik g'oyalari ruhida tarbiyalash maqsadida ommaviy axborot vositalarini, noshirlik ishlarini va matbaachilikni keng rivojlantirishga ko’maklashish;

-noshirlik va matbaachilik faoliyati, ommaviy axborot vositalari, davriy nashrlarni tarqatish, shu jumladan ko’rsatib o’tilgan faoliyat turlarini ro’yxatdan o’tkazish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish;

-nashriyotlar, ommaviy axborot vositalari, televideniye, radioeshittirish va respublika axborot bozorining boshqa qatnashchilari tomonidan axborot sohasida amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish;

- noshirlik faoliyatini litsenziyalashni tashkil etish;

-mulkchilik shakllaridan qat'iy nazar, ommaviy axborot vositalari uchun axborot bozorida teng shart-sharoitlarni ta'minlash tadbirlarini ishlab chiqish;

- noshirlik va matbaachilik faoliyati, davriy nashrlarni tarqatish sohasida yagona texnika siyosatini o’tkazish;

-reklamalar tayyorlash, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashish;

- noshirlik-matbaachilik faoliyatining ishlab chiqarish-texnikaviy bazasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, standartlash va sertifikatlash sohasida chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Agentlikka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga taiynlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan bosh direktor boshchilik qiladi.

Bosh direktor maqomiga ko’ra vazirga tenglashtiriladi.

(Nizomdan ko‘chirma)