Asosiy menu

Muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi «Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 275 sonli qarorga muvofiq O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasining a'zosi hamda Komissiya raisining o‘rinbosari hisoblanadi. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilish vakolatlari Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga berilgan.
Komissiya faoliyati uning tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Komissiyaning ishchi organi funksiyasini bajaradi.