Asosiy menu

Elektron hukumat

Davlat moliyasini boshqarishga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va «Elektron hukumat»ni rivojlantirish dasturlarini rivojlantirishda O‘zbekiston matbuot va axborot  agentligining ishtiroki

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan 2013 yildan 2014 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida elektron hukumat tizimini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, qaror davlat hokimiyati organlari oldiga axborot tizimlarini yaratish va ularni o‘zaro integratsiyalashtirish, davlat organlari faoliyatini avtomatlashtirish vazifalarini qo‘ygan. Mazkur vazifalar davlat hokimiyati organlariga o‘z funktsiyalarini bajarishi sur‘ati va sifatini oshirish imkonini beradi.

2013 yilda buyon O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan asosiy (bazaviy) davlat hizmatlaridan tashqari Ommaviy axborot vositalarini ro‘yhatga olish kabi sohaviy davlat hizmatini interaktiv ko‘rinishga o‘tkazdi. Bundan tashqari, hozirgi kunda Agentlik tomonidan matbaa va noshirlik sohasidagi davlat hizmatlarini interaktiv ko‘rinishga o‘tqazish ishlari olib bormoqda.