Ko‘rgazma va konkurslar


O‘zbekiston noshirlari XXII Хalqaro kitob yarmarkasida ishtirok etdilar

2012 йил 28 март 2 апрель кунлари Ўзбекистон делегацияси Бирлашган Араб Амирликларининг Абу-Даби шахрида XXII Халкаро китоб ярмаркасида иштирок этдилар. Ўзбекистон стендида мамлакатимизнинг етакчи нашриётларининг энг сара китоблари намойиш этилди.

28 март куни йигирма иккинчи Халкаро китоб ярмаркасининг очилиш маросими ўтказилди ва у ерда БАА Маданият вазири Шайх Султон бин Тахун ал-Нахаян жаноби олийлари фахрий мехмон сифатида иштирок этди. Каталогга кўра китоб ярмаркаси иштирокчилари сони дунёнинг 58 мамлакатидан 900 дан ошиб кетди. Ярмарка, асосан, китоб махсулотларини сотишга ва узок муддатли икки томонлама хамкорлик ўрнатиш учун салохиятли улгуржи савдо мижозларини жалб этишга мўлжалланган. Кўргазмда, араб ва инглиз тилларидаги болалар хамда ўсмирлар адабиётига кизикиш катта бўлди. Шу асосда кўргазма ярмаркасида жонли болалар бурчаги ташкиллаштирилди ва у ерда ёш китобхонлар ярмаркадаги мавжуд китоб махсулотлари ва уларнинг муаллифлари билан танишиш, шунингдек, рассомлик санъати йўналиши усталари билан учрашиш имкониятига эга бўлдилар.

29 март кунидан бошлаб, кўргазма жадвалига мувофик, ярмарка иштирокчилари ўртасида ўзаро ҳамкорлик юзасидан музокаралар бошланди. Саудия Арабистони Кироллиги павильонида «Ўкитувчи» НМИУ Саудия нашриётлари уюшмаси вакиллари билан мамлакатдг  китоб махсулотларини етказиб бериш юзасидан  музокаралар олиб борди. Музокаралар давомида Саудия Арабистонида ўзбек халкининг тарихи, маданияти ва маънавий хаёти хакидаги адабиётларга кизикиши катталиги кайд этиб ўтилди.

Шу муносабат билан ва «Ўкитувчи» НМИУ ташаббускорлигида (ўзбек, араб ва инглиз тилларида тайёрланган) «Ўзбек таомлари» ва «Бобурнома. Миниатюралар» китоблари намойиш этилди. Таркатма материаллар сифатида мазкур китоблардан 10 нусхаси хамда араб ва инглиз тилларида нашрга тавсия этилган бошка китоблар мавзу- режасининг кенг турлари каталоги  араб вакилларига такдим этилди.

Саудия нашриётлари уюшмаси, ўз навбатида, музокаралар давомида мухокама килинган масалаларга алохида эътибор каратишларини ва Саудия Арабистони ахолиси ўртасида юкорида айтиб ўтилган китобларга эҳтиёжни ўрганиб чикишларини таъкидлаб ўтди.

Бундан ташкари, Ўзбекистон делегацияси вакиллари Бирлашган Араб амирликларидаги китоб савдоси ташкилотлари (DIGITAL FUTURE ва Al Khamri Commercial Enterprices) билан учрашдилар. Музокаралар жараёнида юқорида кўрсатиб ўтилган китобларнинг мазмуни баён этилди ва  китоб махсулотларини етказиб бериш имкониятлари мухокама этилди.

DIGITAL FUTURE ва Al Khamri Commercial Enterprices компаниялари (Дубай) ўзбекистонликлар томонидан берилган таклифлар эътиборга олинганлигини ва улардан ўзларининг БАА даги кейинги ишларида албатта фойдаланишларини алохида таъкидлашди. Музокаралар натижалари бўйича, ўзаро хамкорлик алокаларни янада ривожлантириб боришга келишиб олинди. 

2 апрель куни йигирма иккинчи Халкаро китоб ярмаркаси ўз иши якунлади.

Агентлик
ахборот хизмати 



"Eng yaxshi kitob" respublika ko‘rik-tanlovi 
12.07.2011

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda «Kitob dunyosi» gazetasi tahririyati O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab respublikada faoliyat yuritayotgan nashriyotlar o‘rtasida 2010-yil va 2011-yilning birinchi yarmida nashr etilgan mazmun-mundarijasi, matbaa ijrosi yuzasidan eng yahshi kitoblarni aniqlash, nashriyotlar, mualliflarni rag‘batlantirish hamda noshirlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida quyidagi nominasiyalar bo‘yicha «Eng yaxshi kitob» III ko‘rik-tanlovi o‘tkazilishini e’lon qiladi:

1.  «Ijtimoiy-siyosiy adabiyot»;
2.  «Vatan tarixi»;
3.  «O‘zbek mumtoz adabiyoti»;
4.  «Bolalar va o‘smirlar adabiyoti»;
5.   «ART kitob». 

Tanlovga qo‘yilgan nashrlarning quyidagi jihatlari hisobga olinadi:

- ma’no-mazmuni, uning ma’rifiy jihatdan tayyorgarligi darajasi;
-  tahririy-noshirlik darajasi;
- dizaynining original yechimi va badiiy yechimlarining mazmunga, o‘quvchilar doirasiga hamda maqsadlariga muvofiqligi;
-  matbaa ijrosining sifati;
 - nashrning ommabopligi va professional jihatdan ahamiyatliligi.     

Ko‘rik-tanlovda nashriyotlar cheklanmagan nomdagi noshirlik mahsulotlari bilan qatnashishlari mumkin.
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yillik bayrami arafasida aniqlanadi va matbuotda e’lon qilinadi. G‘oliblarga diplom hamda sovg‘alar topshiriladi. 

Ko‘rik-tanlovga qo‘yiladigan adabiyotlar 2011-yil 10 avgustgacha quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent, 100129, Navoiy ko‘chasi 30-uy, «ART FLEX» nashriyotining «Kitob dunyosi» gazetasi tahririyati.

Murojaat uchun telefonlar: (8-371) 244-13-65, 244-95-20.




Jurnalistika sohasida "Eng ulug‘, eng aziz" respublika  tanlovi
19.05.2011

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana – 1 sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutadigan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyom. Bu yil xalqimiz Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sana – mamlakatimiz milliy mustaqilligining yigirma yilligini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Respublika «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi bilan hamkorlikda mamlakatimiz, xalqimiz hayotidagi katta tarixiy va shonli voqea – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligiga bag‘ishlab jurnalistika sohasida «Eng ulug‘, eng aziz» respublika tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan jurnalistik materiallarda «Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan!» degan g‘oya mustaqillik biz uchun eng buyuk va eng aziz qadriyat ekani, mustaqillikning o‘tgan yigirma yili mobaynida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o‘tkazish va rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy hayot, ma’naviyat va ma’rifat sohasida erishilgan ulkan yutuq va natijalarimiz, Vatanimizning salohiyati va qudrati, uning xalqaro maydondagi nufuzi tobora yuksalib borayotgani, tub islohotlarning mohiyati va ahamiyati chuqur tahlil etilgan va har tomonlama ochib berilgan bo‘lishi kerak.

«Eng ulug‘, eng aziz» tanlovi ommaviy axborot vositalarining quyidagi sohalari bo‘yicha o‘tkaziladi: 

matbuot (1-, 2-, 3-o‘rin);
televideniye (1-, 2-, 3-o‘rin);
radio (1-, 2-, 3-o‘rin);
internet-jurnalistika, foto va dizayn ishlari (1-, 2-, 3-o‘rin).

Bundan tashqari, yuqoridagi sohalarning har bittasi bo‘yicha ikkitadan rag‘batlantiruvchi mukofotlar ham ta’sis etilgan.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:

muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
muallifning pasporti nusxasi;
ish joyidan tavsiyanoma;
muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga 2010 yilning 1 avgustidan 2011 yilning 1 avgustigacha bo‘lgan davrda gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar joriy yilning 1 avgustigacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.
«Eng ulug‘, eng aziz» respublika tanlovini o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.

Ijodiy ishlar «Eng ulug‘, eng aziz» tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: 

100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
Telefonlar: 244-64-61; 244-64-62; 244-37-87

www.journalist.uz



O‘zbekiston noshirlari – kitob ko‘rgazmasi ishtirokchilari

24.08.2010 

XXIII Moskva xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston noshirlari  180 nomdagi kitoblar bilan ishtirok etadilar.

Rossiya Federatsiyasining matbuot va ommaviy kommunikatsiyalar Federal Agentligining rasmiy taklifiga binoan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimiga kiruvchi «O‘zbekiston», «O‘qituvchi», G‘afur G‘ulom va Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda «Sharq» AK va «Ma'naviyat» nashriyoti  1-6 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan XXIII Moskva xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etadilar.
An’anaga ko‘ra ushbu xalqaro kitob anjumanida MDH, Evropa va Osiyo davlatlarining eng etakchi noshir va matbaachilari, kitob savdosi markazlari ishtirok etadilar.
O‘zbekistonning etakchi nashriyot va matbaachilari ushbu nufuzli xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida O‘zbekiston tarixi, adabiyoti va madaniyati va siyosiy hayotini aks ettiruvchi hamda matbaa jihatidan yuqori darajada nashr etilgan  180 nomdagi kitoblar bilan qatnashadi.
O‘zbekistonda matbaa sohasini jadal rivojlantirish, zamon talabi darajasida jihozlangan korxonalarni ishga tushirish, bu yo‘nalishdagi xalkaro hamkorlikni kuchaytirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Matbaa korxonalari, nashriyot-matbaa ijodiy uylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mutaxassislarning kasb malakasi va mahoratini yanada oshirishga oid keng ko‘lamli ishlar buning erqin dalilidir. 
«Nufuzli Moskva xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etishdan asosiy maqsad chet el jamoatchiliguni O‘zbekistonning tarixi, boi ilmiy-ma'naviy merosi, uning mustaqillik yillarida erishgan salmoqli yutuqlari bilan tanishtirishdir», - deydi «Ma'naviyat» nashriyoti direktori Sunnat Ahmedov.
XXIII Moskva xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi doirasida joriy yilning 3-4 iyun kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan «Kitobat san'ati» Xalqaro ko‘rik-tanlovi sovrindorlari qatori o‘zbekistonlik noshir va matbaachilarning tantanali taqdirlov marosimi bo‘lib o‘tadi. Shuni alohida qaid etish zarurki, «Kitobat san'ati» an'anaviy xalqaro ko‘rik-tanlovida ishtirok etgan nashriyotlarimiz kitoblari besh nominatsiya bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallagan edi.
O‘zbekistonlik noshir va matbaachilar jahonning turli mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan qariyb barcha nufuzli kitob ko‘rik-tanlovlarida domo ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Agentlik axborot  xizmati



«Eng yahshi kitob» II Respublika tanlovi

05.07.2010

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining «Kitob dunyosi» gazetasi matbaa va nashriyot sohasida respublikada faoliyat yurituvchilarni rag’batlantirish hamda kitoblar nashri va matbaa ijrosi sifatini aniqlash maqsadida «Eng yahshi kitob» II Respublika tanlovini o’tkazmoqda.

2009-2010 yillarda nashr etilgan kitoblarning II Respublika tanlovi quyidagi 6 ta nominatsiya bo’yicha o’tkazilmoqda:

1. Ijtimoiy-siyosiy adabiyot
2. Vatan tarihi
3 O'zbek mumtoz adabiyoti
 
 
 
5. ART kitob
6. Umumta'lim maktablari uchun darslik

Tanlov uchun taqdim etiladigan kitob va boshqa bosma mahsulotlar joriy yilning 1 iyunigacha qabul qilindi.

Tanlov g’oliblari I, II, III darajali diplomlar bilan, bosh mukofot sovrindori esa diplom va qimmatbaho sovg’a bilan taqdirlanadi.
Ushbu tanlovda qolib chiqqan kitob va matbaa mahsulotlari O’zbekiston Respublikasi nomidan tegishli halqaro kitob ko’rgazma-yarmarkalarida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Tanlov g‘oliblari joriy yilning sentyabr oyida  «O‘ZBEKinPRINT-2010» 12-Xalqaro ko‘rgazma doirasida e’lon qilinadi.

«Eng yahshi kitob»
II Respublika tanlovi hai’ati




Matbaachi va noshirlarning XII Xalqaro  Toshkent ko‘rgazmasi 

05.07.2010

2010 yilning sentyabr oyida «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazma majmuasida «O`ZBEKinPRINT» (noshirlik, qog’oz va kantselyariya mahsulotlari), «O`ZUPACK» (tovar-buyum joilanadigan yoki o’raladigan qog’oz, qop, yashik, o’rash qog’ozlari, etiketka), «O`ZREKLAMA» (reklama, dizain, foto) XII Halqaro ko’rgazmasi «Poligrafiya AиK» kompaniyasi tomonidan O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi, «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazma majmuasi hamda Rossiya Federatsiyasining O’zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolathonasi ko’magida o’tkazilmoqda.
Shuni alohida qaid etish kerakki, bugungi kunda O’zbekistonda matbaa sohasi jadal sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bugun mamlakatda 1437 matbaa korxonalari faoliyat yuritib, ular o’z mahsulotlari bilan nafaqat ichki bozorni to’ldirib bormoqdalar,  balki tashqi bozorga ham o’z mahsulotlarini eksport qilmoqdalar. 
XII Xalqaro ko‘rgazma texnologik yutuqlar va innovatsion loyihalar taqdimoti bo’lib qolmasdan, turli mamalkatlar mutahassislarining o’zaro foydali hamkorlikka keng imkoniyat ochuvchi maidon vazifasini ham bajarmomoqda.
Ushbu halqaro ko’rgazmada har doimgidek «Qog’oz va kancelyariya ashyolari», «Kitoblar saloni», «Reklama» bo’limlari faoliyat ko’rsatadi.

Ishtirokchilar uchun o’z mahsulotlarini ko’rgazmada keng reklama qilishlari uchun eng qulay sharoitlar yaratib beriladi.

Mazkur ko’rgazmada ishtirok etish shartlari bilan Siz www.uzprint.uz sayti orqali batafsil tanishishingiz mumkin. 

Agentlik axborot xizmati





«Kitobat san’ati» an’anaviy xalqaro ko‘rik-tanlovi
Moskva 3-4 may 2010  yil

Kitoblarimizning xalqaro e’tirofi

Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan «Kitobat san’ati» an’anaviy xalqaro ko‘rik-tanlovida nashriyotlarimiz kitoblari yksak mukofotlar bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida matbaa sohasini jadal rivojlantirish, zamon talabi darajasida jihozlangan korxonalarni ishga tushirish, bu yo‘nalishdagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Matbaa korxonalari, nashriyot-matbaa ijodiy uylarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mutaxassislarning kasb malakasi va mahoratini yanada oshirishga oid keng ko‘lamli ishlar buning yorqin dalilidir. 
Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida, matbaa korxonalarimiz o‘z mahsulotlari bilan xalqaro kitob yarmarkalari, ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 
Moskvada o‘tgan «Kitobat san’ati» an’anaviy xalqaro ko‘rik-tanlovida yurtimizning yetakchi nashriyotlarida chop etilgan kitoblar, suratli albomlarning sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgani buning tasdig‘idir. Noshirlik sohasidagi ushbu yirik anjumanga taqdim etilgan kitoblarni tahlil etish va baholashda ularning mavzusi, zamonaviy dizayni, bezatilishi, qog‘oz va boshqa matbaa ko‘rsatkichlarining sifati, davr talabiga hamohangligi kabi tamoyillarga asosiy mezon sifatida yondoshildi. 
Tanlovda «Ma’naviyat» nashriyotida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Qoraqalpog‘iston bo‘limi bilan hamkorlikda nashrga tayyorlangan «Qoraqalpoq folklori» albom-kitobi «Hamdo‘stlik» nominatsiyasida birinchi o‘ringa loyiq topildi. Ayni paytda mazkur nashriyotda chop etilgan «O‘zbekiston tabiati» kitob-albomi, Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining «Jonivorlar xaritasi. O‘quvchilar uchun», «Mening eng birinchi ensiklopediyam», «Bolalar bog‘chasi uchun sevimli ertaklar» kitoblar turkumi, «San’at» jurnali nashriyotining «O‘zbek tasviriy san’ati antalogiyasi» kitob-albomi turli nominatsiyalar bo‘yicha uchinchi o‘ringa loyiq topildi. 

«O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan tayyorlangan «Boburnoma. Miniaturalar» kitob-albomi ko‘rik-tanlovda rag‘batlantiruvchi sovrin bilan taqdirlandi. 

Agentlik
axborot xizmati