Asosiy menu

Samarqandda “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” ko‘rik - tanlovi g'oliblari aniqlandi

Samarqandda “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” ko‘rik - tanlovi g'oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komppleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida” 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3271-son qaroriga muvofiq Samarqand viloyatidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi kitobxon maktabi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Matbaa mahsulotlari zamonaviy va albatta, milliy qadriyatlarimizga mos bo‘lishi kerak

Matbaa mahsulotlari zamonaviy va albatta, milliy qadriyatlarimizga mos bo‘lishi kerak

2018 yilning 1 iyun kuni Xorazm viloyat axborot kutubxona markazida viloyat matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan “Kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilishi va tarqatilishining oldini olish: tadbirkorlik madaniyatini oshirish va iste’molchilar huquqlarini himoyalash borasidagi ishlar haqida” mavzusida matbuot anjumanini o‘tkazildi.

Samarqandda ham masjid ta’mirlandi, ham nodir kitoblar topildi

Samarqandda ham masjid ta’mirlandi, ham nodir kitoblar topildi

Samarqand viloyati Nurobod tumani “Jom” qishlog‘idagi eski masjid ta’mirlanayotgan payt, eskirib ketgan gazetaga o‘ralgan bir nechta kitoblar topildi. Tarixchi olim Faxriddinxuja Ashrafxo‘jayev rahbarligida manbashunos olimlarning ta’kidlashicha, bu topilma kitoblar Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmatlari”, “Tavjid qoidalari”, payg‘ambarlar tarixi hamda ulug‘ mutafakkir Abdurahmon Jomiy va sohibqiron Amir Temurning bobokalon ajdodlariga tegishli nodir qo‘lyozmalardir.

O‘zMAA Bosh direktorining 1-o‘rinbosari S.Shukurov: O‘zbekiston va Xitoy OAV hamkorligidan har ikki tomon ham manfaatdor

O‘zMAA Bosh direktorining 1-o‘rinbosari S.Shukurov: O‘zbekiston va Xitoy OAV hamkorligidan har ikki tomon ham manfaatdor

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining 1-o‘rinbosari Sobirjon Shukurov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi tashkilotga a’zo davlatlar, kuzatuvchi maqomidagi va muloqot bo‘yicha hamkor mamlakatlarning yetakchi ommaviy axborot vositalari vakillari qatorida Xitoy xalq respublikasida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Birinchi media-sammitida ishtirok etish maqsadida Pekin shahrida bo‘lib turibdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekiston” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekiston” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining to‘rtinchi qavat foyesida “O‘zbekiston” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada mamlakatimizning diplomatik munosabatlarini, tashqi siyosiy va iqtisodiy aloqalarini, xalqaro munosabatlarini yoritib beruvchi kitoblar va yurtboshimizning boshqa davlatlar prezidentlari bilan rasmiy uchrashuvlari muhrlangan fotosuratlar joy olgan.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalikning mo‘jizalari” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalikning mo‘jizalari” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2018 yil 1 iyun kuni “Istiqbol” o‘qish zalida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan “Bolalikning mo‘jizalari” deb nomlangan kitob-rasmli ko‘rgazma ochildi. Ko‘rgazmada bolalar kitoblari, fotosuratlar, ertaklar va bolalar qo‘shiqlari yozilgan gramplastinkalar hamda ertaklarga ishlangan plakatlar taqdim etilgan.

“Leto, kniga, ya – druzya” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi

“Leto, kniga, ya – druzya” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Leto, kniga, ya – druzya” (Yoz, kitob, men – do‘stlar) deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi. Unda kutubxona mutaxassislari tomonidan yozgi ta’til kunlarida, iliq yoz kechalarida, qolaversa bo‘sh vaqtlarda mutolaa qilishga tavsiya etilgan kitoblar o‘rin olgan.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi uchinchi qavat foyesida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling” deb nomlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmaning maqsadi - sayyohlikni targ‘ib qilish, foydalanuvchilarga mamlakatimizning har bir mintaqasining o‘ziga xos tarixi, urf-odatlari, sayyohlik salohiyati va madaniyati aks etuvchi kitoblar bilan tanishtirishdir.