Asosiy menu

Tanlovlar


*   *   *

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi shtempel-graver elektron shaklning axborot resursini yaratish va tadbiq etish masalasini ko‘rib chiqmoqda.Mazkur loyiha  shtempel-graver ishlari bilan shug‘ullanuvchi  korxonalarni hamda ularda tayyorlangan muhrlar va shtamplar  haqidagi asosiy ma'lumotlarni Tadbirkorlik sub'yektlarining Yagona davlat reyestriga kiritish  imkoniyatini yaratadi.

To‘liq ma'lumot olish uchun  AKTni rivojlantirish bo‘limiga murojaat qiling.

Tel.: 244-23-72, email: u.khamdamov@api.uz, O‘ktam Hamdamov.

Takliflar 2016 yilning 25 dekabr kunigacha qabul qilinadi.
*   *   *

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Bosh direktorning virtual qabulxonasini ishlab chiqib, o‘z rasmiy veb-saytiga integratsiyalash masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

To‘liq ma'lumot olish uchun  AKTni rivojlantirish bo‘limiga murojaat qiling.

Tel.: 244-23-72, email: u.khamdamov@api.uz, O‘ktam Hamdamov.

Takliflar 2016 yilning 20 dekabr kunigacha qabul qilinadi.
*   *   *


"Ehtirom, e'zoz, e'tirof" respublika tanlovi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda "Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yoritilishini keng tashkil etgan ommaviy axborot vositalari vakillarini rag‘batlantirish maqsadida "Ehtirom, e'zoz, e'tirof" respublika tanlovi o‘tkazilishini e'lon qiladi.

Tanlov:
- bosma ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida "Eng yaxshi maqola";
- televideniyeda e'lon qilingan "Eng yaxshi teledastur";
- mamlakatimiz radiolari orqali efirga berilgan "Eng yaxshi eshittirish";
- yurtimiz teleradiokanallarida namoyish etilayotgan "Eng yaxshi ijtimoiy rolik";
- davlat dasturi yoritilishini keng targ‘ib qilgan "Eng yaxshi internet sayt" nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tanlovga qatnashish uchun buyurtmalar ijodiy uyushmalar, agentliklar, ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan, sohalar bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlardan, shuningdek, mustaqil ijodkorlardan qabul qilinadi.

Tanlovga 2014 yilning 8 dekabridan 2015 yilning 30 noyabrgacha bo‘lgan davrda gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e'lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar (5 tadan kam bo‘lmagan) joriy yilning 5 dekabrigacha O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim: 
- muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma'lumot;
- muallifning pasporti nusxasi;
- ish joyidan tavsiyanoma;
- muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlov g‘oliblari dekabr oyining uchinchi o‘n kunligida aniqlanib, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadilar hamda ularning ro‘yxati matbuotda e'lon qilinadi.

Ijodiy ishlar "Ehtirom, e'zoz, e'tirof" tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: 

100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. 
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi,
Telefon: 244-64-61.


*    *    *

"YILNING ENG YAXSHI KITOBI" RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVI

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi 2015 yil oktabr-noyabr oylarida O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlab respublika nashriyotlarining o‘zaro hamkorligini kengaytirish, noshirlik madaniyati va nashriyotlarning ijodiy salohiyatini yuksaltirish, sohada erishilgan yutuqlarni keng ommalashtirish, noshirlar, muharrirlar va texnik muharrirlar, musahhih, rassom-dizaynerlar, matbaachilarni rag‘batlantirish, aholining barcha qatlami, xususan yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida "Yilning eng yaxshi kitobi" VII Respublika ko‘rik-tanlovi quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkazilishini e'lon qiladi: 

1. "Ijtimoiy-siyosiy adabiyot";
2. "Vatan tarixi";
3. "O‘zbek va jahon mumtoz adabiyoti";
4. "Bolalar va o‘smirlar adabiyoti";
5. "ART kitob";
6. "Ma'naviy - ma'rifiy adabiyotlar".
7. "Ilmiy-fundamental asarlar, ensiklopedik nashrlar".

Tanlovga qo‘yilgan nashrlarning quyidagi jihatlari hisobga olinadi:
- ma'no-mazmuni, ilmiy-ma'rifiy jihatdan tayyorlanish darajasi:
- tahririy-noshirlik darajasi;
- dizaynining original yechimi va badiiy yechimlarining mazmuniga, o‘quvchilar doirasiga hamda kitob maqsadlariga muvofiqligi;
- matbaa ijrosining sifati;
- nashrning ommabopligi va ijtimoiy ahamiyatliligi.

Nashriyotlar ushbu ko‘rik-tanlovda har bir nominatsiya bo‘yicha birdaniga bir necha nomdagi kitob mahsulotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilayotgan nashrlar 2015 yilning 01 noyabrigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari tashkiliy qo‘mita tomonidan 2015 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan "O‘zbekiston matbuoti" V Milliy ko‘rgazmasi tadbirlari doirasida mukofotlanib, ularga tanlovning maxsus diplomlari tantanali ravishda topshiriladi. 

Ko‘rik-tanlovga taqdim etilayotgan kitoblar bir nusxadan quyidagi manzil bo‘yicha: Toshkent-100129, Navoiy ko‘chasi, 30-uy, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga yuborilsin.

Murojaat uchun telefonlar: (8-371) 244-12-61, 244-31-85.

(Matn joylashtirilgan sana: 30.09.2015 y.)

*    *    *

"Eng ulug‘, eng aziz" tanlovi

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Milliy teleradiokompaniya, "O‘zbekkino" Milliy agentligi, Badiiy akademiya, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi hamda Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi yozuvchi va shoirlarni, jurnalistlar, tasviriy va kino san’ati namoyandalarini erkin, ozod va farovon hayotimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli, ezgu orzu-intilishlarimiz, yutuq va marralarimizning hayotbaxsh manbai – mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan "Eng ulug‘, eng aziz" an’anaviy tanloviga taklif etadi.

Tanlovga "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!" degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan ijodiy asarlar qabul qilinadi. 

"Eng ulug‘, eng aziz" tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

- yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;
- bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;
- televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;
- tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari;
- kino san’ati asarlari.

Tanlovga taqdim etilgan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;
- muallifning pasporti nusxasi;
- ish joyidan tavsiyanoma;
- muallifning manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga 2014-yilning 1-avgustidan 2015-yilning 1-avgustigacha bo‘lgan davrda chop etilgan badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy va kino san’ati asarlari joriy yilning 5-avgustigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yillik bayrami arafasida mukofotlanadilar va ularning ro‘yxati matbuotda e’lon qilinadi.

Ijodiy ishlar "Eng ulug‘, eng aziz" tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy. 
O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, 
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi,
O‘zbekiston "Tasviriy oyina" ijodiy uyushmasi.
Telefonlar: 244-12-61; 244-64-61; 244-27-79.

*   *   *

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi OAV, matbaa va noshirlik axborot tizimi (O'zbekiston matbuot va axborot agentligining ichki axborot portali)ni ishlab chiqish va joriy etish hamda quyidagi davlat xizmatlarini ishlab chiqib, o‘z rasmiy veb-sayti va Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga integratsiyalash masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

- Matbaa korxonalarini onlayn ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish;
- OAV larni onlayn ro‘yxatga olish.

Davlat xizmatlarining reglamentlari Agentlikning rasmiy veb-saytiga (www.api.uz) joylashtirilgan.

To‘liq ma'lumot olish uchun  AKTni rivojlantirish bo‘limiga murojaat qiling.
Tel.: 244-23-72, email: u.khamdamov@api.uz, O‘ktam Hamdamov.

Takliflar 2015 yilning 31 iyuligacha qabul qilinadi.


*   *   *

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi quyidagi davlat xizmatlarini ishlab chiqib, o‘z rasmiy veb-sayti va Interaktiv davlat xizmatlari yagona portaliga integratsiyalash masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

- Matbaa korxonalarini onlayn tarzda o‘yxatga olish;
- Noshirlik faoliyatini onlayn tarzda litsenziyalash ("Bir oyna" usulida).

Davlat xizmatlarining reglamentlari www.api.uz saytida keltirilgan.

To‘liq ma'lumot olish uchun  AKTni rivojlantirish bo‘limiga murojaat qiling.

Tel.: 244-23-72, email: u.khamdamov@api.uz, O‘ktam Hamdamov.

Takliflar 2015 yilning 31 mart kunigacha qabul qilinadi.

03.03.2015