I. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, rivojlanishi, erkinligi kafolatlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumot.
01.01.2012 yil
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» mavzuidagi ma’ruzasi, xususan «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozisiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.
Ommaviy axborot vositalari har doim jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vositalardan biri bo‘lib kelgan.
O‘tgan davrda barcha sohalar qatori OAV uchun ham serqirra rivojlanish davri bo‘ldi.
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklorasiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi:
- «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007 yil 15 yanvar');
- «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
- «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997 yil 24 aprel');
- «Axborot erkinligi principlari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002 yil 12 dekabr);
- «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996 yil 30 avgust);
- «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006 yil 20 iyul');
- «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998 yil 25 dekabr);
- «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993 yil 7 may);
- «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999 yil 20 avgust).
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi» deb belgilab qo‘yilgani ommaviy axborot vositalarining mutlaq qonuniy erkinligining kafolati hisoblanadi.
Ushbu qoidaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasida «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabar va materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q» deb ko‘rsatib qo‘yildi.
Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarimizning soni to‘rt barobarga oshib, bugungi kunda ularning umumiy soni 1254 tani (01.01.2012y. holatiga) tashkil etadi (jadval – 1, 2).
E’tiborlisi shundan iboratki, 1991 yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aitganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar ham aynan elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV jami OAV 59 foizini tashkil etadi (jadval – 3, 4, 5).
Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 ta tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi.
Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda.
2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.
Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.
Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensilarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalardan o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011 yil noyabr' oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi hozirda erspert guruhining muhokamalaridan o‘tkazilmoqda. Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012 yil to‘rtinchi choragida Hukumatga kiritiladi.
Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samrali foydalanish, matbuot erkniligi va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklari to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.
Mustaqillik yillarida ommaviy axborot sohasini tartibga soluvchi va istiqbolini belgilab beruvchi bir qancha zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, ular hayotimizda keng tatbiq etib kelinmoqda. Yurtimizda amalga oshirilaetgan islohotlar, yuz berayotgan jarayonlar shunchalik tezlik va keng qamrovni tashkil etdiki, bugunga kelib bu qonunlarni yana ko‘p yillarga hizmat qilishi uchun ayrimlarini qayta ishlash, ba’zilariga esa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, yana kerak bo‘lsa yangilarini qabul qilish zarur bo‘lib qoldi.
Konsepsiyada mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizini mustahkamlash, ayniqsa sohamizga oid qonunlarni takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Bu haqiqatni dunyodagi taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari va OAV sohasidagi yirik ekspertlarning e’tirof etayotganliklari ayniqsa diqqatga sazovordir.
Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo‘yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ta’minlashdan iboratdir.
Jadval - 1

Jadval – 2

Jadval – 3

Jadval – 4

Jadval – 5

II. Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 oktabrdagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom» asosida olib boriladi.
Nizomning internetdagi manzili: /img/struct/8/poryadok.doc
III. Noshirlik ishi.
O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar axborot bozorining faol ishtirokchilaridan bo‘lgan noshirchilik faoliyatini ham o‘z ichiga olgan bo‘lib, sohada keyingi paytlarda juda ham katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlarni bozor sharoitiga mos yangi tashkil etilayotgan nashriyotlar hamda kitob bozorini to‘ldirib borayotgan eng sifatli, zamonaviy bosma mahsulotlarning ko‘payib borishi misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Zero, mazkur tarmog‘ning rivoj topishi xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq ekanini hammamiz yahshi bilamiz.
Mustaqillik yillarda ushbu tarmog‘ni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar qilindi. Eng avvalo sohaning huquqiy asosi yaratildi, qator qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 1996 yilda qabul qilingan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini licenziyalash to‘g‘risida Nizom», 2006 yil 16 aprelda O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan № 1561 raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006 yil 15 martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi 29-sonli buyrug‘i shular jumlasidandir.
Shuningdek, noshirlar malakasini oshirish, sohaning texnik bazasini mustahkamlash va modernizasiya qilishga katta e’tibor qaratildi. Bu bevosita kitoblarning saviyasini, sifatini oshishiga va xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqarilishiga olib keldi.
Istiqlolga erishganimizdan so‘ng sohda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Agar 1990 yilda Respublikada 9 ta nashriyot faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning umumiy soni 104 taga (01.01.2012y. holatiga) etgan (jadval - 1).
Agar 1990 yilda mavjud bo‘lgan 9 ta nashriyotning barchasi davlatga qarashli bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda davlatga qarashli bo‘lmagan nashriyotlarning umumiy soni 57 tani (01.01.2012y. holatiga) tashkil etadi (jadval - 2).
O‘tgan yillar davomida ro‘yxatga olingan nashriyotlarning mulkchilik shaklida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berayotganini kuzatish mumkin (jadval - 3).
Mamlakatimiz kitob bozorlarini sifatli va zamonaviy kitob mahsulotlari bilan to‘ldirishda davlatga qarashli bo‘lmagan nashriyotlarning alohida o‘rni borligini ta’kidlash lozim. Chunki, ularning ko‘pchiligi kitob bozoridagi yildan-yilga oshib boruvchi talab va ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlashda o‘zlarining hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Jadval – 1

Jadval – 2

Jadval – 3

IV. Matbaachilik.
Matbaachilik sohasida ham mustaqillik davrida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Amalga oshirilayotgan islohotlar sohada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun zamin yaratish bilan birga, barqaror rivojlanishiga keng imkoniyatlarni yaratib berdi.
Mustaqillik yillarda ushbu tarmoqni rivojlantirish yo‘lida sohaning huquqiy-me’yoriy bazasini shakllantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida»gi 52-son qarori, 2002 yil
27 dekabrdagi «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 454-son qarori, 2006 yil 16 aprelda O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan № 1561 raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006 yil 15 martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida»gi 29-sonli buirug‘i shular jumlasidandir.
Davlatimiz tomonidan yaratilgan keng sharoit tufayli matbaa korxonalarining rivojlanishi, sohaga yangi tehnologiyalarning kirib kelishi bilan ichki bozorimizdagi matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj qondirila boshlandi. O‘z navbatida bu jarayon ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshib borishiga ham olib keldi.
Yaratilayotgan keng imkoniyat sababli, so‘nggi yillarga kelib matbaa korxonalarining soni ham ortib bordi. Agar 1990 yilda Respublikada 149 ta bosmaxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning soni 1410 taga (01.01.2012y. holatiga) etgan (jadval - 1).
Agar 1990 yilda mavjud bo‘lgan 149 ta matbaa korxonalarining barchasi davlatga qarashli bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda davlat tasarrufidagi matbaa korxonalarning soni 21 (01.01.2012y. holatiga) tani tashkil qiladi (jadval – 2, 3).
Iste’mol bozorini yozuv daftarlari bilan ta’minlashni tartibga solish va sohaning aynan shu yo‘nalishidagi poligrafiya korxonalarini texnik va texnologik qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 noyabrdagi «Respublika iste’mol bozorini maktab anjomlarining ayrim turlari bilan to‘ldirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1231-son qarori ham qabul qilindi.
Prezidentning mazkur qaroriga ko‘ra 2010 - 2014 yillar davrida poligrafiya faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va maktab daftarlari, kundaliklar hamda rasm chizish al’bomlari tayyorlashda foydalaniladigan texnologik uskunalar, ehtiyot qismlar va qog‘oz xom ashyosini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha import qilishda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmyilashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.
Respublikadagi ichki bozorning turli xil daftar mahsulotlariga bir yillik ehtiyoji o‘rtacha 200.0 mln. donani tashkil etadi. 2010 yilda ushbu ehtiyoj 56.2 foizga bajarildi. 2011 yildan boshlab bu ehtiyojni ortig‘i bilan bajarilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari daftar mahsulotlarini hamdo‘stlik davlatlariga ham eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Mamlakatimizdagi bosma mahsulotlar bozorining ehtiyojlarini qondirishda xususiy matbaa korxonalarning o‘rni ortib bormoqda. Chunki, ularning ko‘pchiligi respublikamiz matbaa mahsulotlari bozorini zarur mahsulotlar bilan to‘ldirish, aholining kitob, jurnal, daftar va boshqa matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish kabi muhim vazifani ado etishda o‘zlarining beg‘araz hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.
Jadval – 1

Jadval – 2

Jadval – 3

V. Noshirlik faoliyatini lisenziyalash tartibi.
O‘zbekiston Respublikasida nashriyotlar faoliyati va ularni lisenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini lisenziyalash to‘g‘risida Nizom» bilan tartibga solinadi.
Nizomning internetdagi manzili:
/img/struct/8/licensiya_deyatelnosti.doc
VI. Matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasida matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom» bilan tartibga solinadi.
Nizomning internetdagi manzili:
/img/struct/8/regpolikpredtiya.doc
O‘zMAA «Axborot xizmati»


