Asosiy menu

Savol-javob

1. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan keng omma uchun mo‘ljallangan axborot resurslari yaratilganmi? Uning ochiqligi, oshkoraligi har kimning erkin foydalanishi mumkinligi ta’minlanganmi?

Agentlikda hukumatning tegishli me’yoriy hujjatlariga ko‘ra oshkor etilishi mumkin bo‘lmagan axborotlardan tashqari keng omma uchun mo‘ljallangan axborot resurslari yaratilgan va bu resurslar www.api.uz veb-saytiga joylashtirilgan. Bundan har kim erkin foydalanishi mumkin.

2. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida jismoniy va yuridik shahslarning axborotni erkin va moneliksiz olishi hamda foydalanishi yuzasidan huquqlarini amalga oshirish borasida qanday shart-sharoitlar yaratilgan?

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning 8-moddasi («Axborot erkinligi kafolatlari»)ga muvofiq jismoniy va yuridik shahslarning axborotni erkin va moneliksiz olishi hamda foydalanishlari yuzasidan barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Birinchidan tashkilot rahbariyatning fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqtlari belgilab qo‘iylgan. Ikkinchidan Agentlikning www.api.uz veb-saytida har qanday axborotni moneliksiz olish imkonini beruvchi «tashqi aloqa» va «interaktiv (savol-javob-tavsiyalar) xizmatlar» kabi bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘iylgan.

3. Noshirlik faoliyatini Litseziyalash talablari va shartlari nimalardan iborat?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275-son qarorining 1-Ilovasidagi Noshirlik faoliyatini Litseziyalash to’g’risida Nizomga muvofiq quyidagilar noshirlik faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi: - noshirlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlariga, normativ-texnik va boshqa talablarga majburiy rioya etish; - urushni targ’ib qilish, davlat tuzumini konstitusiyaga hilof ravishda o’zgartirish, mamlakatda havfsizlikni va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, jamiyatning huquqiy va ma'naviy asoslarini, fuqarolar totuvligini, millatlararo va dinlararo totuvlikni buzish, O’zbekiston to’g’risida noto’g’ri axborotlarni tarqatish hamda uning tarixiy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarini buzib ko’rsatish uchun foidalanilishi mumkin bo’lgan matbaa mahsulotlarini nashr etish va tarqatishga yo’l qo’ymaslik; - noshirlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjudligi; - litsenziyada ko’rsatilgan ixtisos bo’yicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish; noshirlik-matbaa sifatining amaldagi talablar va standartlarga muvofiqligini ta'minlash; - mualliflik huquqiga rioya qilish; - litstenziat tomonidan taiyorlangan matbaa mahsulotlarining (shu jumladan mazkur mahsulot tarkibiga kirgan asarlarning) nushalari, tayyorlangan nusxalar soni, shuningdek litsenziat yohud buyurtmachining nashr etishga huquqini (litsenziat tomonidan mualliflik huquqlariga rioya qilinishi) tasdiqlovchi hujjatlar hisobining yuritilishi; - litsenziat tomonidan noshirlik faoliyatining yong’in havfsizligi qoidalari, sanitariya-gigiena normalari, mehnatni (ishlab chiqarishni) muhofaza qilish talablariga javob beradigan bino va xonalarda amalga oshirilishi; - litsenziat tomonidan xonalar, texnologik asbob-uskunalar va boshqa texnika vositalarini, shuningdek noshirlik faoliyatida foidalaniladigan sarflanuvchi materiallarni ishonchli qo’riqlashning ta'minlanishi; - yuridik shaxs shtatida tegishli oliy yoki o’rta maxsus ma'lumotga va noshirlik ishida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lgan kamida bir nafar xodimning mavjudligi.

4. Qanday faoliyat matbaa faoliyati deb ataladi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qaroriga muvofiq matbaa faoliyati deb, barcha turdagi bosma nashrlarning bosma shakllarini yasash maqsadida ular matnini terish, bosma shakllarini tayyorlash (shu jumladan muhr va shtamplarni yasash), maketini tayyorlash, bosish, muqovalash, tirajini tayyorlash tushuniladi. Matbaa faoliyati yuqorida sanab o’tilgan jarayonlarni (turlarni) uzviy birgalikda yoki alohida-alohida olingan holatlarni ham o’z ichiga oladi. Matbaa korxonalari deb matbaa faoliyatini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismonii shaxslar tomonidan tashkil etilgan tuzilmalar (konsern, kombinat, fabrika, bosmaxona, markaz, ustaxona, sex, laboratoriya, bo’linmalar va boshqalar) tushuniladi. Matbaa korxonasi alohida yuridik shahs sifatida yoki mavjud yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil etilishi mumkin. Jismonii shaxslar matbaa faoliyatini amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tishlari lozim. Muhr va shtamp tayyorlash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

5. Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni taiyorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?

Matbaa korxonalarida rasmiy hujjatlarni tayorlash, saqlash, hisobga olish va topshirish tartibiga qo’yiladigan talablar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 25 iyuldagi 283-son qaroriga 1 ilovasidagi Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga olish, saqlash va topshirish tartibi to’g’risida Nizomda belgilangan.

6. Matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasida matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom» bilan tartibga solinadi.

7. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Agentlikka qanday yo‘llar bilan murojaat etishlari mumkin?

Jismoniy va yurisik shaxslar O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga quyidagi manzil orqali murojaat etishlari mumkin: Toshkent shahri, 100129, Navoiy ko‘chasi, 30 uy. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatiga doir Yagona telefon raqam: (+998 71) 244-37-56 (Umumiy bo‘lim). Ishonch telefoni: (+998 71) 244-14-54. Faks: (+998 71) 244-14-54. Elektron pochta: umumiy@api.uz; info@api.uz. Hamda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali ham murojaat etishlari mumkin. Ommaviy axborot vositalari uchun: Axborot xizmatining rahbari - Mansurov Shahriyor Shomuhitdinovich, (+998 71) 244-23-72, info@api.uz.