Chingiz Aytmatov. “Erta qaytgan turnalar”

Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Chingiz Aytmatovning “Erta qaytgan turnalar” qissasida urush davrida ovulning kattalarini o‘rnini bosgan bolalarning jasorati va matonati tasvirlangan.

Muallif shudgorda ishlayotgan bolalarni erta qaytgan turnalarga qiyoslaydi. Bolalar turnalarning kelishini ko‘rib quvonadilar. Bu hikoyaning avji nuqtasi. Ular turnalarning erta qaytishi – xosilning mo‘l bo‘lishidan belgi ekanligiga umid qiladilar. Asarning nomini majoziy ma’noda ham tushunish mumkin: bolalar erta ulg‘ayib, kuch to‘plab, qanot chiqarib, o‘z yurtlaridan uchib ketadilar, lekin ular o‘z vatanlarini hech qachon unutmaydi va erta bahorda qaytadigan turnalar kabi o‘z vatanlariga qaytib kelaveradilar. Qissa yosh avlodni qiyinchiliklardan qo‘rqmaslikka va haqiqiy inson bo‘lib shakllanishga chaqiradi.

Voqea urush davrida kichik qirg‘iz qishloqlaridan birida sodir bo‘ladi. Asar qahramoni otasi, qishloqning barcha erkaklari kabi urushga ketgan o‘n to‘rt yoshli Sultonmurot. U va uning do‘stlari Enatoy va Erkinbek kolxoz raisining iltimosiga “labbay” deb, kolxoz bug‘doyini ekishga safarbar bo‘ladilar. Bir kuni ot o‘g‘rilari o‘smirlarni oyoq-qo‘lini bog‘lab otlarni olib ketadilar. Lekin bolalar ular qo‘lidan qutulib qolishadi. Sultonmurot otda jinoyatchilar ortidan quvib ketadi. Enatoy va Erkinbek esa qishloqqa yordam so‘rab boradilar. Sultonmurot ot o‘g‘rilariga yetganda ulardan biri uning otiga o‘q uzadi. Qonning hidini sezgan och bo‘ri Sultonmurotning iziga tushadi...

1 1503
Manba api.uz