Dubayda dunyodagi eng katta kitob yarmarkasi oʻtkaziladi

18-28 oktyabr kunlari Dubayda dunyodagi eng katta kitob yarmarkasi oʻtkaziladi. Unda Big Bad Wolf Books ning uch milliondan ortiq kitoblari taqdim etiladi.

Uzluksiz ishlashi kutilayotgan bu yarmarkaga tashrif buyurganlar oʻzlari istagancha kitob olish imkoniga ega. Shuningdek, bu kitoblar 50-80 foiz chegirmalar bilan sotiladi. Oʻzining kichik kutubxonasini tashkil etish niyatida boʻlganlarga kitoblarni tashib olish uchun maxsus aravachalar taqdim etilishi ham aytilmoqda.

Maʼlumot uchun: Big Bad Wolf Books 2009 yili Malayziyadagi aholining savodlilik darajasi pastligidan tashvishga tushgan er-xotinlar tomonidan tashkil etilgan edi. Bu juftlik 2006 yil Kuala-Lumpurda aholi oʻrtasida kitobxonlik darajasini oshirish uchun kutubxona ochgan. Keyinchalik ular mazkur ezgu ish toʻlaqonli samara keltira olishi uchun qamrov doirasini kengaytirishga qaror qilgan. Yangi kitob doʻkonlarini ochish serxarajat ish boʻlgani uchun, koʻplab nashriyotlarning sotilmay qolgan kitoblari yigʻilib, yarmarkalar tashkil etishga kirishilgan. Hozirda Big Bad Wolf Books tomonidan oʻtkazilayotgan bu kabi yarmarkalardan Kuala-Lumpur, Jakarta, Manil, Sebu, Kolombo, Bangkok va Taybe aholisi foydalanmoqda.

1 214
Manba api.uz