Hay'at majlisi

06.02.2012

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining kengaytirilgan Hay'at majlisi bo’lib o’tdi. Hay'at majlisida Agentlik rahbariyati, markaziy apparat, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, tizimdagi hududiy boshqarmalar, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. 

Mazkur Hay'at majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalarning  bajarilishi yuzasidan Agentlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning 2012 yildagi rejalari to’g’risidagi masalalar batafsil tanqidiy ko‘ib chiqildi.

Shu bilan birga Prezident Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, xususan, nodavlat OAV faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida belgilangan muhim vazifalar muhokama etildi. Ularning amalga oshirilishi esa fuqarolarning axborot sohasidagi huquqini yanada kengaytirish uchun imkon yaratish, ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlament nazoratini ta’minlash, hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Ko’rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Agentlik 
axborot xizmati