21.11.2011
Kitob o‘qigan odamning ko‘ngli yorishadi, tafakkuri tiniqlashadi, xotirasi mustahkamlanadi. Bu haqiqatni anglagan kitobxonlar bisyorki, shu bois mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilayotgan badiiy, ilmiy-ommabop, ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi turli kitoblar o‘z o‘quvchisini topmoqda. G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilayotgan kitoblar ham mazmun-mundarijasi, dizayni, sifati va bichimi bilan kitobxonlar e'tiborini tortib kelmoqda. Yillik nashr rejasida bir necha muhim yo‘nalish va ruknlar alohida belgilangangan bo‘lib, ularga muvofiq, o‘zbek mumtoz adabiyotimiz namunalari, jahon badiiy durdonalari, shuningdek, zamonaviy adiblarning asarlari, ular haqidagi hotira va esdaliklar, bolalar va o‘smirlar adabiyoti va boshqa ijtimoiy-siyosiy, ma'rifiy-tarbiyaviy asarlar nashr etilmoqda.
Jumladan, yaqinda nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan adabiyotimiz dahosi Mir Alisher Navoiyning to‘la asarlar to‘plami chop etildi. To‘plam o‘n tomdan iborat bo‘lib, hazratdan qolgan barcha adabiy merosni o‘z ichida jamlagan. Asarlar bir guruh olimlar tomonidan qayta ko‘rilib, avvalgi nashrlardagi hatolar tuzatilgan holda nashr etildi. Muqaddas diyorimiz zaminidan etishib chiqqan o‘nlab aziz-avliyolar, ulug’ alloma va shoirlar, davlat arboblari va sarkardalar orasida, go‘eki yulduzlar anjumanidagi queshdek, yaqqol ajralib turadigan buyuk siiyodan qolgan adabiy merosni yangi avlodga etkazib berishni biz o‘z burchimiz, deb bildik.
Mumtoz adabiyotimizning sara namunalaridan yana biri Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asaridir. U dunyoning o‘nlab halqlari tillariga tarjima qilinib, bashariyatning benazir ma'naviy boiligiga aylanib ulgurgan buyuk qadriyat. Ushbu mumtoz so‘z san'atkorining ming yillarni dog’da qoldirib, hamon ko‘zlarni qamashtirib, qalblarga otash qalab, tiriklik bog’ini yashnatib kelayotgan o‘lmas asari zamiridagi cho‘ng falsafii qarashlari, insonparvarlik g’oyalari ma'naviy kamolotimiz uchun dasturil amal bo‘lishi shubhasiz. Ushbu asar ham nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan uch qismi bitta kitobga jamlangan holda go‘zal ko‘rinishda kitobxonlarga etkazildi.
Kitobxonlarga etkazib berilgan «O‘zbek milliy portret san'ati» kitobi o‘zbek portret san'atidagi eng sara asarlardan tarkib topgan. Portret san'atning boshqa turlaridan farqli ravishda eng avvalo inson qiyofasini, uning ruhiy olamidagi o‘zgarishlarni tahlil etib tarixga muhrlab boradi. O‘zbek portret san'ati bu hususiyatlardan holi emas. U davr ko‘zgusi sifatida o‘tmish, bugun va ertangi kunga nazar tashlashga, yashab turgan zaminga teran nigoh bilan qarashga undaidi.
G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining bevosita ihtisosligi adabiyot va san'at sohasi bo‘lganligi bois, ijodiy jamoa muntazam ravishda respublikamiz ijodkorlarining sara, yangi asarlarini o‘quvchilar hukmiga havola etib kelmoqda. O‘tkir Hoshimovning «O‘zbeklar» nomli hikoyalar to‘plami, Muhammad Alining «Sarbadorlar» romani, Hamrohon Musurmonovaning «Arbag’ishning lolalari» hikoyalar to‘plami, Sadriddin Salim Buhoriining «Hikmatdir dune», Asqad Muhtorning «El-yurt kerak ekan odamga», Sa'dulla Hakimning «Ko‘hna naql» nomli she'riy to‘plamlari o‘quvchilarning ma'naviy mulkiga aylandi.
Bugungi o‘zbek zamonaviy she'riyatida mutlaqo yangicha ohanglar, tafakkur jilvalari, shaklu shamoiyldagi turli-tuman izlanishlar bo‘y ko‘rsatmoqda. Eng muhimi, she'riyatimizning yangi oqimi vakillari mumtoz adabiyotimiz an'analaridagi serma'nolikdan voz kechmagan holda hissiy idrok talqinlari, ko‘ngil atalmish cheksiz hududning teran tovlanishlarini ifodalashga va bu yo‘lda So‘z sehrini moddiyilashtirishga muvaffaq bo‘layaptilar. Zamonaviy she'riyatimiz vakillaridan bo‘lmish Abduvali Qutbiddinning oldingi to‘plamlaridan saralab olingan va yangi ash'orlari jamlangan «Bor» nomli to‘plami muhlislariga tuhfa etildi. Oidinnisoning «Hovur» she'riy to‘plamidagi hech kimnikiga o‘hshamaidigan va o‘qigan kishini uzoq vaqt sehrlab, o‘iga toldiradigan bitiklari ham she'riyat muhlislariga ajib yangilik, munosib sovg’a bo‘ldi, degan umiddamiz. Aini yilda o‘quvchilarga taqdim etilgan nashrlar ichida Husan Ermatov tomonidan taierlangan «Nobel' mukofoti sovrindorlari» nomli o‘ziga hos to‘plamni ham alohida ta'kidlash joiz. Ushbu to‘plamga adabiyot io‘nalishi bo‘iicha Nobel' mukofotiga sazovar bo‘lgan buyuk shoir va ezuvchilarning haeti va faoliyati haqidagi ma'lumotlar kiritilgan.
Yil oxiriga qadar ijodiy jamoa bir-biridan qiziqarli va mazmunli kitoblarni nashr etish niyatida. O‘zbekiston halq shoiri Abdulla Oripovning «Dahldorlik», betakror iste'dod sohibasi Halima Ahmedovaning «Nigoh qiblasi», Abdulla Sherning «Gul yillar, bulbul yillar» Sharifa Salimovaning «Vatan suvrati» nomli she'riy to‘plamlari shular jumlasidandir. Yaqin kunlarda ushbu kitoblar ham tandirdan uzilgan issiq nondai qo‘lingizga etib borib, eqimli tarovati bilan ko‘ngil uyingiz va tafakkur olamingizni obod qilishiga ishonchimiz komil.
Ilhom Zoyir,
G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi bosh muharriri
Boshqa yangiliklar
- O‘zLib kutubxonasida 2300 dan ziyod asar bor, elektron kutubxonaga xush kelibsiz!
- "Xalq og`zaki poetic ijodi" kitobida Ergash Jumanbubul o'g'li dostonlari
- www.kitob.uz: Kutubxona – ma'rifatli dunyoga ochilgan eshik
- Buyuk adib G‘afur G‘ulomning тanlangan asarlari nashr etilidi.
- X asrlik tarixga ega dynyoga mashhur "Alpomish" dostoni qayta nashr etildi.
- AKTdan foydalanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma-kitob nashrdan chiqdi.


