Toshkentda MDHga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining yigʻilishi boshlandi

Oʻzbekiston xalqaro forumlar saroyida MDHga aʼzo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga maʼlum qilgan.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yigʻilish davomida Markaziy Osiyodagi vaziyat, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish yoʻlidagi ustuvor vazifalar, Hamdoʻstlikka aʼzo mamlakatlar oʻrtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish, radiatsion, kimyoviy va bilogik vaziyatni baholash hamda nazorat qilishda Birlashgan tizimning istiqbollari muhokama qilinadi hamda bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

1 163
Manba api.uz