Metropolitendagi texnik nosozlik 35 daqiqada bartaraf qilindi

2018 yil 11 oktyabr kuni soat 14 dan 24 daqiqa oʻtganda Chilonzor metro liniyasining Olmazor bekatida 14-sonli mashrut bekatning aylanish joyiga kelganda texnik nosozlik tufayli toʻxtab qolgan.

Undan keyin kelayotgan poyezdlarni aylantirish imkoniyati boʻlmagan. Shu sababli metrodagi poyezdlar harakat jadvalini saqlash hamda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish, shuningdek, poyezdlar oraligʻidagi masofa choʻzilib ketishining oldini olish maqsadida Paxtakor bekatida vaqtincha poyezdlar ikkinchi yoʻlga aylantirilib, harakati tashkil qilindi.

Bu jarayonda poyezdlar qatnovining oraliq masofasi 17 daqiqani tashkil qildi. Yuz bergan texnik nosozlik jami 35 daqiqada bartaraf qilindi va metro poyezdlari yana oʻz jadvali asosida harakatini davom ettirdi.

Bunday texnik nosozlik tufayli yuzaga kelgan noqulaylik uchun Toshkent metropoliteni maʼmuriyati barcha yoʻlovchilardan uzr soʻraydi.

1 158
Manba api.uz