Saudiya Arabistoni Rossiya va Xitoyning neft bozoridan ketishini taxmin qildi

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salman As-Saud neft qazib oluvchi koʻpgina davlatlar, xususan, Rossiya va Xitoy neft bozoridan ketishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar beradi.

“Neftga boʻlgan talab 2030 yilgacha yiliga 1 foizdan oʻsishi mumkin. Biroq 2030 yildan soʻng kamayib boradi. Bizning hisob-kitobimizga koʻra, koʻpgina neft qazib oluvchi mamlakatlar neft bozoridan ketadi”, deydi shahzoda.

Shahzodaning fikricha, Xitoy yaqin 5 yil ichida neft qazib olishni kamaytiradi va ishlab chiqauvchi sifatida bozorni tark etadi. Ushbu ssenariy Rossiyada 19 yildan soʻng kuzatiladi. Biroq Saudiya Arabistoniga bu holat mutlaqo taʼsir qilmaydi va hozirgiga qaraganda mamlakat yanada koʻproq neft sotadi.

Hozirda Brent markali neftning narxi 1 barreli uchun 85 AQSH dollaridan qimmatroq. Tahlilchilarning xulosalariga koʻra, bu koʻrsatkich 100 AQSH dollariga yetishi mumkin.

2017 yilda Saudiya Arabistoni bir kunda 12,1mln, Rossiya 11,2 mln, Xitoy 4,8 mln barrel neft qazib olgan.

Oʻzbekiston 2017 yilda bir kunda 64 ming barrel neft qazib olgan.

1 187
Manba api.uz