Tojikistonda eng yaxshi kitoblar roʻyxatining birinchi uchligini Emomali Rahmonning asarlari egalladi

Tojikistonda mahalliy va chet ellik yozuvchilarning har bir tojikistonlik oʻqib chiqishi kerak boʻlgan 50 ta eng yaxshi kitoblari roʻyxati tuzildi, deb yozadi Asia-Plus.

Roʻyxatning birinchi uchta pogʻonasini mamlakat prezidenti Emomali Rahmonning kitoblari band etdi. Xususan, tojik xalqi va davlatining shakllanishiga ilmiy, davlatchilik va diniy jihatdan eng koʻp hissa qoʻshgan taniqli tarixiy shaxslar haqidagi “Chexraxoi mondagor” kitobi roʻyxatda birinchi boʻlib turibdi.

Emomali Rahmonning “Tojiklar tarix koʻzgusida. Oriylardan Somoniylargacha” deb nomlanuvchi toʻrt jildli kitobi — ikkinchi oʻrinda. Uchinchilikni esa uning tojik tili haqidagi “Zaboni millat — xastii millat” kitobi egalladi.

Shuningdek, birinchi oʻnlikdan Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”, Jaloliddin Rumiyning “Maʼnaviy Masnaviy”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” asarlari hamda Saʼdi Sheroziyning asarlari oʻrin oldi.

1 205
Manba api.uz